-
Tojikistoning Nurek shahrida joylashgan ayollar qamoqxonasidan amnistiya qonuniga binoan ozod etilgan 112 ayol orasida taniqli qo‘shiqchi Farzona Xurshed ham ozodlikka chiqdi.
-
Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, Badaxshon viloyatining Pokistonga chegaradosh Varduj tumanida O‘zbekiston Islomiy Harakatining uch a‘zosi qo‘lga olingan.
-
O‘zbekiston mahalliy ichki ishlar tintuv guruhi inson huquqlari faoli Tatyana Dovlatovaning uyida tintuv o‘tkazgan va uning o‘g‘lining giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligini aitgan.
-
Marhum qo‘shiqchi Amy Winehousening oilasi ma‘lum qilishicha, toksikologiya tekshiruvi uning tanasida o‘limi chog‘ida "noqonuniy moddalar bo‘lmagan"ini namoyish qilgan.
-
Isyonchilar poytaxt Tripoliga kirisharkan, Liviyadagi urush nihoyasiga yetayotgan bo‘lishi mumkin, degan umid neft narxlari tushishiga sabab bo‘lgan.
-
Ruminiyada joylashgan Xalqaro Aloqalar bo‘yicha Ovro‘po Kengashi Akademik qo‘mitasi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni "XXI asrning lideri" mukofoti bilan taqdirlagan.
-
O‘zbek hukumatini noqonuniy amallarda ayblab chiqqan Britaniyadagi Oxus Gold oltin ishlab chiqarish shirkati o‘zining O‘zbekistondagi sobiq xodimi himoyasiga imzo to‘plash kampaniyasini boshlagan.
-
Xitoy qozog‘istonlik haydovchilarga viza berishni to‘xtatishi oqibatida Qozog‘istonda narx-navolar oshgan va respublika iqtisodi 3 million dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotgan.
-
Qirg‘izistonning Bozorqo‘rg‘on tumanida xavfsizlik kuchlarining qattiq qiynoqlari natijasida hayotdan ko‘z yumgan Usmonjon Xolmirzayevning o‘limi yuzasidan ikki militsiya xodimga qo‘lga olingan.
-
BBC: Muqaddas Ramazon oyida iste‘mol etiluvchi taomlarga bo‘lgan e‘tiborning qanchalik kuchli ekanini bilish uchun birgina Google qilib ko‘rishingizning o‘zi kifoya.
-
Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan mahkama jarayoni chog‘ida qiynoqqa solinganiga oid tafsilotlar ayon bo‘lishi ortidan, BBC Jahon Xizmati o‘z muxbiri O‘rinboy Usmonovga ko‘rsatilgan munosabatdan xavotirda ekanini bildirgan.
-
O‘zbekistonda Muloqot.o‘z nomli yangi internet ijtimoiy muloqot tarmog‘i tashkil etilmoqda. Regnum xabar agentligiga ko‘ra, kelayotgan sentyabrdan ish boshlaydigan ushbu ijtimoiy tarmoq Facebook kabi ijtimoiy tizimlarga raqobat sifatida tuzilmoqda.
-
Sho‘rolar Ittifoqining parchalanganidan keyingi 20 yil asosiy voqealariga bag‘ishlangan lavha
-
Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 o‘zbek qochqinlarining ayrimlari ustidan mahkama hukmi o‘qilgan.
-
Rossiya bolsheviklari rahbari Vladimir Lenin jahon inqilobini boshlash uchun Shveytsariya eng qulay mamlakat deb bilgan ekan.
-
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Britaniya konsulligi xudkush hujumchilar tarafidan nishonga olinarkan, kamida 8 inson nobud bo‘lgan.
-
Jurnalistlarni Himoya qilish xalqaro qo‘mitasi tojikistonlik prokurorlarni BBC muxbiri O‘rinboy Usmonovga qarshi to‘qima ayblarni olib tashlab, uni oqlashga da‘vat etgan. Bugun jurnalistning mahkama jarayoni qayta boshlangan.
-
Birlashgan Millatlar Insonparvarlik masalalari bo‘yicha idorasi vakilining bildirishicha, o‘tgan yilgi qonli milliy nizolar ortidan Qirg‘izistonga 134 million dollarlik insonparvarlik yordami ko‘rsatilgan.
-
BMT rasmiylarining bildirishlaricha, Suriya rahbari Bashar al-Assad namoyishchilarga qarshi harbiy amaliyotlar to‘xtatilganligini aytgan.
-
Qozog‘istonning Boyqonur shahrida bir vaqtning o‘zida beshta bolalar bog‘chasida portlovchi moddalarning nusxalari topilgan.
-
Ozarbayjon maktablarida hijobga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi talabi bilan 124 mingga yaqin kishining imzosi to‘plangan.
-
Xabarlarga ko‘ra, Italiyaning "Inter"(Milan) klubi prezidenti Massimo Moratti "Anji" klubining kamerunlik yulduz hujumchisi Samuel Eto'Oni o‘zlariga sotishga oid taklifini qabul qilgan.
-
O‘zbekiston hukumati joriy yilning birinchi yarmida mamlakat iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar hajmi o‘tgan yilgidan qariyb sakkiz foizga oshganini aytgan.
-
Hukumatning navbatdagi majlisida gapirgan Gurbanguli Berdimuhammedov xususiy sun‘iy yo‘ldosh antennalar "mamlakat ko‘rkiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi," dedi.
-
AQShda chiqadigan Wall Street Journal ro‘znomasiga ko‘ra, suriyalik diplomatlar amaldagi tuzumga qarshi chiqayotgan Curiya vatandoshlarini qo‘rqitishmoqda va ularning Curiyadagi yaqinlari tahdid etilib, qamoqqa tashlanmoqda.
-
Anna Hazare hukumat uni ozod etgan esada, o‘tgan tunni Dehlidagi qamoqxonalardan birida o‘tkazdi. Yordamchisining ma‘lum qilishicha, Anna Hazare, politsiya u rejalagan aktsiyani o‘tkazishga ruxsat bermas ekan, ochlik amalini to‘xtatmaydi.
-
AQShdagi besh tamaki shirkati Mahsulotlar va dorilar sifati ustidan nazorat departamentini mahkamaga berdi. 2012 yil sentyabridan boshlab Amerikadagi tamaki ishlab chiqaruvchi shirkatlar chekish zarari haqidagi ogohlantirishlarni nashr etishlari shart.
-
Sho‘rolar Ittifoqining parchalanganidan keyingi 20 yil asosiy voqealariga bag‘ishlangan lavha bilan tanishish uchun bosh sahifaga boring.
-
Aqto‘ba viloyatida portlash natijasida bir odam halok bo‘lgan. Viloyat ichki ishlar departamenti portlashga gaz baloni sabab bo‘lgan bo‘lishini aytmoqda.
-
Jizzaxlik amaldorlarning O‘zbekiston qonunlariga zid qarorlariga qarshi norozilik chiqishi uyushtirmoqchi bo‘lgan ikki ayol viloyatning Paxtakor tuman militsiya idorasida majburan ushlab turilgan.
-
Xo‘jand shahridagi muvaqqat hibsxonada Tojikiston rasmiylari mamlakatda taqiqlangan "Hizbut-Tahrir" firqasiga aloqadorlikda ayblagan BBC muxbiri O‘rinboy Usmon ustidan mahkama boshlangan.
-
Jurnalistlarni Himoya qilish qo‘mitasi Qirg‘izistonning O‘sh shahrida jurnalist Shohruh Soipovning kaltaklanishi yuzasidan puxta tergov o‘tkazish hamda jinoyatchilarni jazolashga chaqirgan.