BBC navigation

Afg‘oniston rahbari Qatarda muzokaralar boshladi

Сўнгги янгиланиш 31 март 2013 - 09:30 GMT
Hozirgacha Tolibon Karzay janoblarini Amerikaning qo‘g‘irchog‘i sifatida ta‘riflab, u bilan muzokaralardan bosh tortib keladi

Hozirgacha Tolibon Karzay janoblarini Amerikaning qo‘g‘irchog‘i sifatida ta‘riflab, u bilan muzokaralardan bosh tortib keladi

Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay Dohada Qatar amiri Hamid Bin Xalifa al Taniy bilan uchrashmoqda.

Davlat rahbarlari muzokaralarida ikkitomonlama hamkorlik, Tolibon bilan bo‘lajak munosabatlar hamda toliblarning Qatarda vakolatxona ochish rejasini mubohasa etilayotgani xabar qilinadi.

Afg‘on rasmiylari agar Tolibon zo‘ravonliklardan voz kechsa, Qatarda kechayotgan sa‘y-harakatlar Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida tinch muzokaralarni boshlash uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qilishiga umid qiladilar.

Biroq, Tolibon voizi Zabihulloh Mujohid axborot agentliklaridan biriga gapirarkan, vakolatxona ochish ular va Qatar hukumati orasidagi masala ekanini aytgan.

"Qatarda Tolibon vakolatxonasini ochishning Karzayga aloqasi yo‘q, bu Tolibon va Qatar hukumati orasidagi masala", Zabihulloh Mujohid Frans Press axborot agentligiga.

"Bizning allaqachon Qatarda bo‘lgan vakillarimiz u bilan uchrashishmaydi ham, gaplashishmaydi ham", deya qo‘shimcha qilgan u.

Hozirgacha Tolibon Karzay janoblarini Amerikaning qo‘g‘irchog‘i sifatida ta‘riflab, u bilan muzokaralardan bosh tortib keladi.

Biroq, o‘tgan yil Tolibon va Qo‘shma Shtatlar rasmiylari o‘rtasida muloqotlar olib borilgani haqida xabar qilingandi.

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.