BBC navigation

O‘tgan yil boshpana so‘rovchilar soni keskin ortgan

Сўнгги янгиланиш 21 март 2013 - 09:43 GMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligiga ko‘ra, sanoatlashgan mamlakatlardan himoya so‘rab murojaat qilganlar soni o‘tgan yil keskin ortgan.

Jenevada e‘lon qilingan raqamlarga binoan 2012 yilning o‘zida qariyb 480, 000 kishi 44 davlatga bosh urgan. Bu esa, undan oldingi yilga qaraganda 8 foizga ko‘p deganidir.

Bildirilishicha, boshpana izlovchilar bilan bog‘liq eng ko‘p raqamlar Ovro‘po mamlakatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bi-bi-si muxbiriga ko‘ra, mazkur holatga "eski va yangi urushlar" sabab qilib ko‘rsatiladi.

Va Afg‘oniston ayni masalada hamon peshqadamlik qilmoqda.

O‘tgan yil 36,000dan ortiq afg‘onistonlik rivojlangan davlatlarga himoya izlab borgan.

Ovro‘po va yo Qo‘shma Shtatlarga bosh urgan suriyaliklar soni 25, 000ga yetarkan, ayni masalada Suriya ikkinchi o‘rinni egallagan.

Biroq, BMT qochqinlar agentligi iqtisodiy muammolar, byudjet sarf-xarajatlaridagi qisqartirishlar boshpana so‘rovchilar arizalari rad etilish ehtimollarini oshirishidan xavotir bildiradi.

"Mazkur masala bizning katta xavotirimiz. Mojarolar payti siz boshpana so‘rovchilar qo‘llab-qo‘llanishini, jon saqlash ilinjida qochganlarga eshiklar yopilmasligini istaysiz. Ayni pallada xalqaro boshpana berish tizimini saqlab turilishi o‘ta muhim", deydi BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi voizi Adrian Edvards.

Ba‘zi Ovro‘po mamlakatlari boshpana izlab murojaat qilganlar soni keskin ortgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Masalan, Olmoniyada bu raqam 41 foizni, Shvetsiyada 48 foiz, Shvetsariyada esa, 33 foizni tashkil qilgan.

Buning aksi o‘laroq, Britaniya va Frantsiyadan himoya so‘rab bosh urganlar soni esa, bor-yo‘g‘i 6 foizga ko‘tarilgan.

Rivojlangan davlatlardagi boshpana so‘rab berilayotgan arizalar ortayotgani aytilsa-da, jami yarim milliondan kamni tashkil qiladi. Bu qurolli mojarolar tufayli o‘z vatanini tashlab chiqayotgan qochqinlar soni bilan solishtirganda anchayin kam deganidir.

Masalan, o‘tgan yil Suriyaning o‘zidan qo‘shni Iordaniya, Turkiya va Livan kabi davlatlarga bir milliondan ortiq inson qochib o‘tgan.

Ular o‘z uylariga yaqinroq bo‘lish va imkon tug‘ilishi bilan tezroq ortga qaytishga umid qiladilar. BMT esa, qochqinlar bilan bog‘liq inqiroz aslida aynan shu mamlakatlarda ekanini aytadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.