Сўнгги янгиланиш 10 ноябр 2011 - 13:36 GMT

OI afg‘on qamoqxonalaridagi ayollar haqidagi filmni namoyish etmoqchi emas

Muxbirimizga ko‘ra, Afg‘onistondagi qamoqqa tashlangan ayollar yarmi "axloqiy jinoyatlar"da ayblangan

Ovro‘po Ittifoqi qamoqxonadagi afg‘on ayollari haqidagi hujjatli film namoyishiga to‘siq qo‘ygan.

Ittifoq o‘z qarorini "filmga tushgan ayollar xavfsizligi yuzasidan o‘ta jiddiy xavotirlar" bilan izohlagan.

Hujjatli film Ovro‘po Ittifoqining buyurtmasi asosida olingan.

Inson huquqlari faollari esa, film Afg‘onistondagi adliya tizimi qanday ishlashini fosh etish uchun muhimligini aytishgan.

Kobuldagi BBC muxbiri Orla Geringa ko‘ra, Afg‘onistondagi qamoqqa tashlangan ayollarning yarmi "axloqiy jinoyatlar"da ayblangan.

Ya‘ni, ular majburiy nikoh va yo zo‘ravon erlaridan qochib ketish kabi amallar uchun jazolanganlar.

Hujjatli filmda 19 yoshli Gulnoz ismli mahkuma haqida hikoya qilinadi. U jinsiy zo‘rlanganidan so‘ng, zinoda ayblangan.

Yaqinda unga berilgan qamoq jazosi 12 yilga uzaytirilgan.

Ovro‘po Ittifoqi hujjatli filmga tushgan Gulnozga o‘xshash ayollar xavfsizliklaridan qo‘rqib, uni namoyish etmaslikka qaror qilgan.

Biroq, inson huquqlari faollari dunyo Afg‘oniston adliya tizimidagi sharmandali hollar haqida bilishi kerakligini ta‘kidlashmoqda.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC navigation

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.