Сўнгги янгиланиш 1 июн 2011 - 14:50 GMT

Zepp Blatter futbol bo‘yicha jahon chempionati joyini tanlash tartibini o‘zgartirmoqchi

Jahon Futbol federatsiyasi assotsiatsiyasi prezidentlik saylovini ortga surish chaqiriqlarini rad etganidan keyin o‘tkazilgan ovoz berishda Zepp Blatter yana FIFA prezidenti etib saylanishi kutilmoqda.

FIFA rahbariyati ichida qolgan mojaro tufayli tashkilot prezidentligiga nomzodlardan faqat janob Blatterning o‘zi qolgan.

Bu Zepp Blatterning to‘rtinchi marta lavozimiga saylanishi bo‘ladi.

FIFA nomiga yangragan korruptsiya ayblovlari ortidan Angliya va Shotlandiya futbol assotsiatsiyalari 1 iyunga mo‘ljallangan prezidentlik saylovini qoldirishni so‘rab murojaat etgan, biroq FIFAning yillik kongressida qatnashgan 206 ishtirokchidan 172 tasi saylovni ortga qoldirish taklifiga qarshi chiqqanlar.

Angliya ftubol birlashmasi g‘oyasini 17 mamlakat qo‘llab-quvvatlagan.

Jahon futbol tashkilotining yillik anjumanida gapirgan Zepp Blatter so‘zlariga ko‘ra, FIFA og‘ir ahvolga tushib qolgan va o‘zining obro‘sini tiklash uchun qo‘lidan kelgan hammani narsani qilishi kerak.

"Men bu kemaning kapitani sifatida uni to‘g‘ri yo‘nalishga solish uchun hammani narsani qilishim kerak. Bu mening vazifam va mas‘uliyatim", deb aytgan FIFA rahbari.

Agar FIFA prezidenti etib saylanadigan bo‘lsa, tashkilotda islohot yasashga va‘da bergan 75 yashar shveytsariyalik Blatter.

U futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan mamlakatni saylash jarayoniga o‘zgartirish kiritishga va‘da bergan.

Zepp Blatter fikricha, bundan keyin jahon chempionati joyini FIFAning 24 a‘zodan iborat ijroiya qo‘mitasi emas, Jahon futbol federatsiyasi assotsiatsiyasi kongressiga yig‘ilgan 208 mamlakat vakili saylashi kerak.

"Men milliy assotsiatsiyalarga ko‘proq vakolat bermoqchiman. Kelajakda jahon chempionati xo‘jayinlari FIFA kongressi tomonidan aniqlanadi. Ijroiya qo‘mita tushgan arizalardan ro‘yxat tuzadi, ammo hech qanday tavsiya bermaydi", deb aytgan Zepp Blatter o‘zining ma‘ruzasida.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.