Сўнгги янгиланиш 27 апрел 2011 - 13:45 GMT

Kobul qo‘nalg‘asidagi otishmada bir necha kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston Havo kuchlari zobitining Kobul shahar qo‘nalg‘asida o‘q ochishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, qator kishilar jarohatlangan.

Afg‘oniston Mudofaa Vazirligining ma‘lum qilishicha, 20 yildan beri uchuvchilik qilib kelgan afg‘on zobiti aytishuv vaqtida xorij kuchlariga qarata o‘q ochgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan askarlar aqysi mamlakatdan eanligi hozircha ma‘lum emas.

Afg‘on rasmiylari oq ochgan uchuvchining o‘zi ham otishmada halok bo‘lganligini tasdiqladilar.

Hodisa Kobul qo‘nalg‘asida Havo kuchlariga tegishli binoda mahalliy vaqt bilan soat erta 11 larda yuz bergan.

Afg‘on Xavfsizlik xizmati rasmiysining BBCga aytishicha, Gul Ahmad ismli zobit asli Kobullik bo‘lgan.

Rasmiyning aytishicha, zobit yo xorij askarlari bilan aytishib qolgan, yoda Toliblar tomonidan yollanganidan so‘ng hujumni avvaldan rejalashtirgan.

Toliblar hodisada masu‘liyatni o‘z bo‘ynilariga olib, xabar agentliklaridan biriga bildirish yuborganlar.

Muxbirlarga ko‘ra, Afg‘on Milliy kuchlariga saflariga ko‘p sonli askarlarni yollash Toliblarning milliy kuchlar tarkibiga singib kirish ehtimolini kuchaytirgan.

"Reuters" agentligining xabar berishicha, NATO so‘zchisi otishma ro‘y berganligini tasdiqlagan.

Oxirgi ikki yil mobaynida Afg‘onistondagi xorijiy kuchlar safida xizmat qilayotgan 42 askar Milliy kuchlar askarlari yoda harbiy forma kiyib olgan Toliblar tomonidan otib o‘ldirilgan.

Chorak millionga yaqin a‘zosi bo‘lgan Afg‘oniston Milliy Qurolli kuchlari va 130 mingga yaqin askari bo‘lgan xorijiy kuchlar orasida bu kabi hodisalar kamdan-kam yuz beradi, ammo askarlar ruhiyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi tayin.

Britaniya va AQSh kuchlari Afg‘on xavfsizlik kuchlari bilan yelkama-elka oylar mobaynida hamkorlik qilib kelayotgan bo‘lsalar ham, hamisha ogoh bo‘lishlari kerakligini aytganlar.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.