Сўнгги янгиланиш 26 июл 2011 - 13:37 GMT

O‘zbekiston: Rishtonliklar tunni vahima bilan o‘tkazishdi

O‘tgan hafta Farg‘ona vodiysining zilziladan zarar ko‘rgan Rishton tumani aholisi 25-dan 26-iyulga o‘tar tunni vahima bilan o‘tkazgan.

Rishtonliklar zilzilaning qaytalanishidan xavotirda ekanliklarini aytishadi.

Zilzila ortidan Farg‘ona vodiysida qurilish mollari narxi va mardikorlar xizmat haqqi ko‘tarilgani kuzatilgan.

O‘tgan hafta seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida yuz bergan kuchli yer silkinishi oqibatida, O‘zbekiston Favqulloda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 13 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 90 ga yaqin odam jarohat olgandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Farg‘ona viloyatining Rishton, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetganini ma‘lum qilgandi.

Zilzila o‘chog‘i Qirg‘izistonning O‘zbekiston chegarasiga yaqin Botken viloyatida ekani xabar qilindi.

O‘zbekiston hukumati zilziladan ziyon ko‘rgan oilalarga zaruriy moddiy yordam ko‘rsatilishini bildirgan edi.

Biroq, Farg‘ona viloyatining Rishton tumani aholisi hukumat va‘da qilgan yordam ularga hozirgacha yetib kelmaganidan shikoyat qilishadi.

Ayni holat zilzila o‘chog‘iga yaqin bo‘lgan boshqa hududlarda ham kuzatilmoqda.

Hukumat yordamidan umidini uzgan Rishton aholisi yer silkinishidan zarar ko‘rgan uylarni hashar yo‘li bilan tiklash harakatiga tushgan.

O‘zbekistonda norasmiy Inson Huquqlari Himoyachilari Tashabbus Guruhining Farg‘ona viloyatidagi faoli Bahodir Eliboyev Rishton tumanidagi so‘nggi vaziyatni BBCga tasvirlab berdi:

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.