Сўнгги янгиланиш 8 феврал 2011 - 10:34 GMT

'Jasliq'da shafqatsiz va muntazam qiynoqlar davom etmoqda'

O‘zbekistondagi mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhining bayon qilishicha, "Jasliq"da shafqatsiz va muntazam qiynoqlar davom etmoqda.

Tashkilot o‘zining so‘nggi bayonotida "Jasliq"da saqlanayotgan toshkentlik Ikrom Ilyosovning qattiq qiynoqqa solinayotganini urg‘ulaydi.

Ushbu da‘vo mahkum bilan uchrashgan onasining gaplariga tayanadi.

27 yoshli Ikrom Ilyosovning oliy ma‘lumotli muhandis bo‘lgani va Toshkent shahridan ekani aytiladi.

U 2000 yilning mart oyida "Hizbut-Tahrir" noqonuniy diniy tashkilotiga a‘zolikda aybdor, deb topilib 16 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan.

Muayyan muddat qamoq jazosini Zangiota, Qoraqalpog‘istondagi qiynoqlar bilan nom chiqargan "Jasliq" va Navoiy shaharlaridagi qamoqxonalarda o‘tagan.

2005 yilda esa, yana "Jasliq"qa qaytarilgan va shu paytga qadar o‘sha yerda tutib turilgani aytiladi.

Tashabbus guruhining Ikrom Ilyosovning onasi Shahlo Ilyosovaning so‘zlariga tayanib tarqatgan xabariga ko‘ra, u 6 yanvardan 20 yanvargacha hech bir sababsiz ShIZO hibsxonasiga tashlangan va u yerda shafqatsiz qiynoqlarga tutilgan.

Shahlo Ilyosovaga esa, o‘g‘li sog‘aygandan keyin u bilan ko‘rishishga izn berilgani va shundan so‘ng onasining bu holatdan ogoh bo‘lgani aytiladi.

2002 yilda O‘zbekiston qamoqxonalariga tashrif buyurgan BMT ma‘ruzachisi esa, mamlakatda qiynoqlarning muntazam qo‘llanishini aytgan edi.

O‘zining qattiq sharoitlari bilan tanilgan "Jasliq" qamoqxonasida asosan, diniy va siyosiy mahbuslar saqlanadi, deb ishoniladi.

Biz Toshkentdagi Tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov bilan bog‘lanib, eng avvalo mahbus Ikrom Ilyosovning onasi Shahlo Ilyosova shikoyatida aynan nimalarga to‘xtalganini so‘radik:


Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.