Масжидда яшовчи масиҳийлар

14 Октябр 2013 Сўнгги янгиланиш: 15:07 GMT 20:07 UZT

Масжидда яшовчи масиҳийлар
Masjidning eski aksini tutib turgan bola
Yerevandagi masjid 1687 yili qurilgan. Ammo 1920 yillari sho‘rolar Turkiyadan qochib kelgan armani oilalarini bu masjidda joylashtirishgan. (BBC jurnalisti Mark Grigoryan va fotojurnalist Knar Babayan suratlari)
Masjid gumbazi
Masjidda boshpana topgan qochqinlar Sovet Ittifoqi o‘zlari uchun risoladagidek uy-joy beradi, deb umid qilgandilar. Ammo 85 yil o‘tibdiki, masjidning kichkina hujralarida yashashmoqda.
Masjid eshigi endi derazaga aylangan
To‘rdagi deraza masjidga kirish eshigi bo‘lgan. Ammo dahlizni oshxonaga aylantirishgan. Hozir bu yerda kichik oila yashaydi.
Masjidning qulagan gumbazi
Hali 1988 yilidayoq masjidning asosiy gumbazi qulab tushgandi. O‘shanda hech kim ziyon ko‘rmagan. Biroq odamlar bino qanchalik ta‘mirga muhtojligini bilib yashashadi.
Garush uzum ekib ishkom ko‘targan
Masjidning qulagan tomi o‘rnida bu yerda yashovchi masihiy Garush uzum ekib ishkom ko‘targan. Ortgan yerda anor va garmdori ham yetishtiradi.
Koshinli g‘isht
Armani Garush ba‘zan yerga ishlov bergan chog‘ida masjidning koshinli g‘ishtlarini topib olishini aytadi.
Klara va nabirasi
Klara bu masjidda yashovchi armaniga turmushga chiqqan. Hozir o‘g‘li va nabirasi bilan birga yashaydi.
Klaraning uyi ichkarisida
Klara va oilasi mehmonxona sifatida foydalanuvchi tor hamda qorong‘u xonada qachonlardir musulmonlar namozga bosh qo‘yishgan
Klara uyida
Nafaqaxo‘r Klara hechsa qarigan chog‘ida biron risoladagidek uyga ko‘chib o‘tishdan hamon umidini uzmagan.
Masjid hovlisi
Eski masjid Armanistondagi tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritilgan. Lekin hukumat yashovchilarni boshqa uyga ko‘chirish va masjidni ta‘mirlash uchun pullari yo‘qligini aytishadi