Dovudxon Nazarov: "Dadam muloqot qilyaptilar"

  • 6 Avgust 2014

Taniqli o‘zbek imomi Obidxon qori Nazarov uzoq komadan so‘ng xushiga qaytgan va uning sog‘lig‘i asta yaxshilanib bormoqda.

Bu haqda BBC O‘zbek xizmatiga Shvetsiyada politsiya himoyasi ostida yashab turgan imomning o‘g‘li Dovudxon Nazarov o‘z intervyusida aytgan.

Ma‘lumki, Obid qori Nazarov 2012 yil 22 fevralda Shvetsiyaning Stromsund shaharchasidagi o‘z uyidan masjidga borayotganida noma‘lum kishi tomonidan otib ketilgan edi.

Obidxon qori Nazarovga suiqasdda gumon qilingan shaxs haligacha qo‘lga olinmagan.

-----------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02