BBC navigation

"Svoboda" partiyasi deputatlari televideniye rahbarini majburan iste‘foga chiqardilar

Сўнгги янгиланиш 19 март 2014 - 14:52 GMT

Videolavhada deputat Miroshnichenko ham ko‘rinadi

"Svoboda" partiyasining bir nechata deputatlari televideniye rahbari Aleksandr Panteleymonovni ariza yozishga majburlaganlari haqidagi lavha internet tarmoqlariga chiqib ketgan.

Ukraina hukumati "Svoboda" partiyasining ushbu hujumini qoralagan.

Ukraina muvaqqat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk "Svoboda" partiyasi deputatlarining Ukraina Milliy televideniyesi rahbariga nisbatan hujumni qoralab, bunday harakatni qabul qilib bo‘lmasligini aytgan.

"Bu bizning yo‘limiz emas. Ovro‘po Ittifoqiga qarab boradigan mamlakat Ovro‘po jamiyatining qadriyatlari va tartiblari asosida ish ko‘rishi kerak", deb aytgan bosh vazir Facebookdagi sahifasida.
Uning fikricha, Milliy televideniye rahbariyati faoliyatiga Ukraina vazirlar mahkamasi mavjud qonunlar asosida baho berishi lozim.

Internetga joylashtirilgan videolavhadan bir nechta deputatlar Aleksandra Panteleymonovni kuch bilan stulga o‘tqazishgani ko‘rinadi.

Deputat Igor Miroshnichenko Panteleymonovni urib, Birinchi kanalni yolg‘onchilikda ayblaydi.

Ukraina Ichki Ishlar vaziri Arsen Avakov ham Facebookda deputatlarning harakatlarini tanqid qilgan.

"Xalq deputatlarining bu kabi harakatlariga, ularning mas‘uliyatga tortilishlarida alohida maqomlarini hisobga olib bosh prokuratura berishi mumkin, deb yozadi janob Avakov.

"Men ichki ishlar vaziri sifatida prokuratura topshirig‘i bo‘yicha barcha surishtiruv harakatlarini tashkillashtirishga tayyorman", deb aytadi shuningdek Ukraina mulozimi.

Deputatlarning harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Internet foydalanuvchilarning aksariyati deputatlarning qo‘polligi Kiyev yangi hukumati obro‘yiga jiddiy ta‘sir qilishini aytishgan.

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.