Putin Qrimni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi shartnomani imzoladi

  • 18 Mart 2014

Kremlda ma‘ruza qilgan Prezident Putin Rossiyaning Qrim borasidagi amallarini oqlagan.

Rossiya siyosiy rahbariyati oldida gapirgan Vladimir Putin Qrimni 1954 yilda Ukrainaga berish xato bo‘lgan, deb aytgan. Biroq Rossiya Ukrainani bo‘lib tashlashni xohlamaydi, degan u.

Prezident Putin nutqidan keyin Krim bilan Sevastopolni Rossiya Federatsiyasining sub‘ektlari deb qabul kilish haqidagi shartnoma imzolangan.

Bir necha daqiqalar ichida hamma hujjatlar tayyor bo‘lishi aytilgan.

18 martda parlament qarshisida chiqish qilgan Vladimir Putin Qrimning Rossiyaga kirishi haqidagi shartnomani imzolash maqsadga muvofiq deb bilishini ma‘lum qildi.

Bu yerda gap subektlar haqida gap ketar ekan, kuzatuvchilar Sevastopol ham Rossiya Tarkibiga federal ahamiyatga ega qism sifatida kiritilishini taxmin qilishgandi.

Rossiya qonunlariga binoan, yangi sub‘ekt qo‘shib olinishi haqida xalqaro kelishuv imzolangach, prezident Konstitutsion mahkamadan hujjatning konstitutsiyaga mosligini tekshirishni topshiradi.

Shundan so‘ng Davlat dumasi uni ratifikatsiya qiladi.

Qabul qilingan qaror 14 kun ichida prezident tomonidan imzolanishi va e‘lon qilinishi kerak.

Putin o‘z chiqishida Qrimda uch davlat tili, rus ukrain va qrim tatar tili bo‘lishini bildirdi.

Oldinroq Putin Qrimni mustaqil davlatligini tan olgan va bu Qrimni Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi masalasini deyarli yechgan edi.

Qrim referendumi natijasini birorta davlat quvvatlamadi.

Ish Rossiyaning siyosiy qarorida emas, u faqat xalqning irodasiga asoslanadi, deb aytgan Putin o‘z chiqishida.

Putinning aytishicha, , 83 foiz rossiyalik Rossiya o‘zining Qrimdagi vatandoshlari qiyin ahvolga tushganda ularni himoya qilishi kerak deb hisoblaydi.

Putin Ukrainaning janubi sharqiga talabgor emasligini aytib o‘tgan.

Hech narsaga qaramasdan men ukrainaliklarga ishonaman. Aholining o‘zi mamlakatda tartib o‘rnata oladi, degan Putin.

Men Sevastopolga NATO dengizchilari orqali borishimizni tasavvur qilolmayman. Ular yaxshisi Sevastopolga kelishsin mehmon bo‘lib, deydi Putin o‘ziga xos kinoya bilan.

Putinning fikricha, Qrim - kuchli davlat tarkibida qolishi kerak, aks holda u hamma narsani yo‘qotadi.

Qrimdagi o‘z o‘zini himoya qilish kuchlari nazoratni qo‘lga olmaganda, u yerda ham qurbonlar bo‘lishi aniq edi. Biz Ukrainaning bo‘linishini istamaymiz. Bu bizga kerak emas", degan shuningdek Putin.

Biz Xitoy xalqidan minnatdormiz, degan so‘zlari qarsaklar bilan qarshilangan. Putinning Olmoniyaga bag‘ishlangan so‘zlari ham qarsaklar bilan kutib olingan. U Olmoniyaning 90 yillarda qo‘shilganini eslatgan.

"Bizni ketma ket alday boshlashdi, deydi Putin NATOning sharqqa qarab kengaya borgani, Rossiya chegarasiga yaqinlashganiga ishora qilarkan. Viza tizimini yengillashtirish muzokaralari cho‘zilgandan cho‘zildi, deydi u.

Putin AQShni Kosovoda tutgan mavqeini tanqid qilgan: "O‘zlari hamma yoqni ag‘dar to‘ntar qilishdi, endi esa hayron bo‘lishadi".

"Biz go‘yoki qonunga rioya qilmadik. Prezident parlamentning oliy palatasidan kuch qo‘llash haqida ruxsat oldi, lekin undan foydalanilgani yo‘q. Rossiya Qrimga kirgani yo‘q. Ular Xalqaro kelishuvga muvofiq u yerda bo‘lishdi".

"Ba‘zi vazirlarning oldiga Maydondagi jangarilar orqali kirish kerakmi?- Putin Maydonda tinch shiorlar ko‘tarib chiqqanlarni yaxshi tushunishi, lekini Ukrainadagi oxirgi voqealar ortida kimlar turgani va davlat to‘ntarishi qilganlarni emasligini aytadi.

"Rossiya qrimliklarning kayfiyatlari bilan hisoblashmasligi mumkin emas. Qrim tatarlarning katta qismi Rossiyaga orqa qiladi".

Yangi Sanktsiyalar

Dunyo hamjamiyati esa Moskva Qrimga nisbatan manfaatlaridan voz kechmas ekan, unga yangi sanktsiyalar kiritishga hozirlanmoqda.

Navbatdagi choralar alohida siyosatchilarga emas, butun Rossiya iqtisodiga zarar keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.

Ayni paytda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Ukrainaga aralashuvi uchun qator choralar ko‘rilishini bildirgan. Ulardan viza taqiqi eng oddiysi sanaladi.

Shuningdek investitsiya borasidagi ikki tomonlama shartnomalar muzlatiladi, fazoni tadqiq qilish va xavfli harbiy harakatlarni daf qilish kelishuvlari to‘xtatiladi.

Frantsiga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyatga qarab, Frantsiya Rossiya bilan harbiy hamkorlikni qayta ko‘rib chiqadi va qurol savdosini bekor qilmoqchi.

Shuningdek, Frantsiya Rossiya sharqiy Ukrainaga kirishni kengaytirar ekan, harbiy aralashuv bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Kanada viza va iqtisodiy sanktsiyalar kiritilishini aytgan.

Ayni paytda AQSh va Ovro‘po Ittifoqining qora ro‘yxatiga tushgan rossiyalik amaldor va siyosatchilar ancha vazmin qabul qilishgani aytilmoqda. Ularning bir nechasi xorijda mulklari hisob raqamlari yo‘qligini bildirishgan.

Moskvaga qattiq jazo berilishi talabgorlari yumshoq sanktsiyalardan norozi bo‘lishgan.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Xeygga ko‘ra, bu choralar so‘nggisi emas, ular vaziyatga qarab kengayishi mumkin. Jumladan Parij Londondan Angliyadagi rossiyalik oligarxlarga ham ta‘sir qiladigan choralar qo‘llashni talab qilmoqda.

"Sanktsiyada G‘arbning barcha davlatlari ishtirok etishi kerak degan frantsiya Tashqi ishlar vazirligi.

Shuningdek Ruminiya prezidenti Qora dengiz mintaqasidagi vaziyatdan xavotirlanib, etnik va harbiy mojarolar istalgan payt sodir bo‘lishi mumkin deb aytadi. Rossiyaning Gruziya va Qrimda nimalar qilganini ko‘rdik. Men Moldova keyingi bo‘lsa hayron bo‘lmayman,- deydi Ruminiya Prezidenti Trayan Besesku.

Oldinroq Pridnestrovya Oliy kengashi raisi Mixail Burla Duma raisi Sergey Narishkinga Rossiya qonunchiligi bo‘yicha Pridnestrovyani Rossiya tarkibiga kiritishni ko‘rib chiqishni so‘ragan edi.

1990 yildan buyon Moldovada Rossiyaning ikki mingga yaqin qo‘shini mavjud.