BBC mehmoni - O‘zbekiston qamoqxonalari haqidagi kitob muallifi Yevgeniy Dyakonov

  • 17 Mart 2014
Za-Za Verlag nashriyoti Yevgeniy Dyakonovni O‘zbek GULAGlarini tasvirlab bergan ijodkor deb taqdim etgan

Shu kunlarda Olmoniyadagi Za-Za Verlag nashriyoti o‘zbekistonlik inson huquqlari faoli Yevgeniy Dyakonovning "UZ zonasida. Ozodlikni yaxshi ko‘rganlar uchun" deb nomlangan kitobini nashr qildi.

Kitob rus tilida e‘lon qilingan.

Unda O‘zbekiston qamoqxonalaridagi vaziyat haqida hikoya qilinadi.

Yevgeniy Dyakonov O‘zbekistondagi tutqunlik mavzusini "ichidan" chuqur biladigan yozuvchi.

U 1997 yilda hibsga olingan va o‘zining aybsizligini isbotlash uchun ko‘p harakat qilganini aytadi.

Olmon nashri Yevgeniy Dyakonov kitobining so‘zboshisida uni jazo lagerlari va qiynoqlarni boshidan kechirib, O‘zbek GULAGlarini tasvirlab bergan ijodkor deb taqdim etadi.

Yevgeniy Dyakonov ozodlikka chiqqanidan keyin inson huquqlariga bag‘ishlangan zona.uz va mazlum web-saytlarini tashkil qilish va faoliyat yuritishida ko‘maklashgan.

U O‘zbekistonni tark etgan, 2003 yildan buyon Norvegiyada muhojirlikda yashaydi.

"Ovro‘poga kelib qolib, Ovro‘poni tanqid qilishni boshladi", deyiladi Za-Za Verlag so‘zboshisida.

Yevgeniy Dyakonov ayrim xalqaro tashkilotlarni ikki xil andozachilikda ayblaydi.

BBC mehmoni Yevgeniy Dyakonovga savollaringizni ushbu sahifaning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manziliga yo‘llang!

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba va yakshanba kunlari "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.