Qrim tatarlari uylarini tashlab chiqishmoqda

  • 3 Mart 2014

Qrimdan qo‘shinlarni darhol olib chiqib ketish haqidagi chaqiriqlarga qaramay, Rossiya Qrimni ishg‘ol qilishda davom etmoqda.

Ayrimlar bu yangi sovuq urushning boshlanishi, deyishmoqda.

Qrim ruslar va ukrainlar orasida talash bo‘larkan, uning yerli aholisi bo‘lgan tatarlar o‘zlarini garovda qolgandek his qilishmoqda.

Ular Rossiyani Qrimni bosib olishdan hech narsa qaytarolmaydi, deb ishonishadi va shuning uchun ham uylarini tashlab chiqishni boshlashgan.