BBC navigation

Joanna Lillis: "Gulnorani hibsga olishlari ehtimoli ham yo‘q emas"

Сўнгги янгиланиш 22 ноябр 2013 - 15:43 GMT

Joanna Lillis: Gulnora Karimova bu vaziyatdan o‘ta jiddiy ziyon bilan qolishi aniq

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova homiyligi ostidagi Fond Forum o‘z faoliyatini to‘xtatayotganligi haqida rasman e‘lon qildi.

Avvalroq, Forum qoshidagi "Kelajak Ovozi" loyihasi qator xodimlari hibsga olingani xabar qilingandi.

Bundan oldin Gulnora Karimovaga tegishli deya ishonilgan qator telekanallar ham yopib qo‘yildi.

Gulnora Karimova Twitterda faolligi kuzatilarkan, uning atrofida kechayotgan hodisalar haqida uzuq-yuluq bo‘lsa-da, ma‘lum tafsilotlar tashqariga oshkor bo‘layotgandi.

Ammo, kuni kecha uning Twitter sahifasi ham yopilib qolarkan, endi nimalar kechmoqda degan savol ko‘plarni o‘ylantirmoqda.

Biz bu haqda Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha sharhlovchi Joanna Lillisdan so‘radik:

Joanna Lillis: Oxirgi haftalar va ayniqsa, kechagi hodisalar ortidan Gulnora Karimova O‘zbekistonda anchayin jiddiy tazyiqlarga uchrayotganligi ayon bo‘lmoqda. Uning kelajagi juda beqaror ekanligi haqida xulosa qilishimiz mumkin, menimcha. Uning O‘zbekistondagi oldin ega bo‘lgan kuchli mavqeiga jiddiy putur yetkazildi. Mamlakat rahbar oilasi a‘zosiga nisbatan bu miqyosdagi tazyiq misli ko‘rilmagandir. Oxirgi deyarli 20 yil mobaynida Gulnora Karimova deyarli hech qanday cheklovlar va yo jazolarsiz o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelgandi, yirik moliyaviy boylik keltiruvchi keng miqyosli imperiyani yaratgandi, albatta, bu imperiya unga tegishli ekanligi hujjatli ravishda qayd etilmagan, lekin anchayin yaxshi ma‘lumotga ega manbalar tomonidan aytib kelingandi. Twitteri orqali yetkazgan so‘nggi xabarlaridan ma‘lum bo‘lishicha, uning tashkilotlarida ishlagan qator shaxslar hisbga olingan. Jamg‘armasi yopilgani haqida ham rasman xabar tarqatildi. Telekanallari yopildi - bular baridan uning hozirgi vaziyati o‘ta beqaror va mushkul, deya xulosa qilish mumkin.

BBC: Mana shu siz tasvirlayotgan manzarada mamlakatdagi vaziyat kelgusida qay yo‘sin rivojlanishi mumkin?

Joanna Lillis: Menimcha, hozir bu savolni ko‘plab kuzatuvchilar o‘zlariga bermoqdalar. Gulnora Karimova boshchiligidagi hayriya tashkilotlari noqonuniy ish yuritishgani haqidagi taxminlar o‘rtaga otilmoqda. Bu ehtimol jinoiy unsur ham borligini anglatar? Agar shunday bo‘lsa, uni hibsga olishlari ham mumkinmi, degan savol o‘rtaga chiqadi. O‘zbekiston kabi qonun ustuvorligi o‘rnatilmagan va qonun siyosiy asbob sifatida foydalaniladigan mamlakatda bu kabi ehtimolni ham e‘tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Agar uning raqiblari hozirgi darajada tazyiqlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsalar, ishni hibsgacha ham olib borishlari ehtimoli bo‘lishi mumkin. Lekin, u hibsga olinsa, albatta, Prezident otasi uchun katta sharmandalik bo‘lardi. Hozirda javobsiz qolayotgan yana bir katta savol bu otasining bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga munosabatidir. Karimov bu harakatlarni qoralayaptimi yoki ortida turibdimi? Yoxud, shunchaki kuzatib turib, aralashishga qodir emasmi?

BBC: Gulnora Karimova siyosiy sahnadan chetlatilgan taqdirda ham rahbar oila va elita hech narsa bo‘lmagandek, xuddi avvalgi tarzda faoliyat qila olmasa kerak, shunday emasmi? Shuncha "sir" ommaga sizib chiqqani hisobga olinsa?

Joanna Lillis: Albatta, bu - rahbar elita hayoti haqida misli ko‘rilmagan, hayratga soluvchi darajada ma‘lumotlar oshkor bo‘lishi. So‘nggi hodisalar vaziyatni o‘zgartirishga qodir, albatta. Eng kamida qudrat va iqtisodiy boyliklarni qayta taqsimlanishiga guvoh bo‘lamiz, menimcha. Gulnora Karimovadan olib qo‘yilayotgan va millionlab dollar keltiruvchi deb aytilgan bizneslar boshqa qo‘llarga o‘tishi mumkin. Hozirda biz guvoh bo‘layotgan qudrat raqobatida kimningdir, albatta, qo‘li baland keladi. Kimning qo‘li baland kelishini aytish imkonsiz, lekin Gulnora Karimova bu vaziyatdan o‘ta jiddiy ziyon bilan qolishi aniq. Siyosiy sahnadan chetlanib qolishi mumkin. Balki, xorijga ketar, xullas ehtimollar ko‘p. Lekin, bu ehtimollarning hech birida men uni hisoblashish kerak bo‘lgan kuch bo‘lib chiqib keta olishini ko‘rmayapman.

Mustaqil tahlilchi Kamoliddin Rabbimov fikricha esa, "Gulnora nima degan bo‘lmasin, siyosiy elita odatdagidek ishlashda davom etadi"

Камолиддин Раббимов: 'Гулнора нима демасин, ҳукумат одатдагидек ишлашда давом этади'

Гулнора Каримова Твиттерда фаоллиги кузатиларкан, унинг атрофида кечаётган ҳодисалар ҳақида узуқ-юлуқ бўлса-да, маълум тафсилотлар ташқарига ошкор бўлаётганди.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.