BBC navigation

Fotoreportaj: Latviyada supermarketning tomi bosib qoldi

Сўнгги янгиланиш 22 ноябр 2013 - 17:07 GMT

Бахтсиз ҳодиса сатҳидан фоторепортаж

  • Qutqaruv xodimlari hozir ham supermarketning tomi bosib qolgan odamlarni qutqarish uchun halaklar...
  • "Maksima" supermarketidagi baxtsiz hodisa esa, payshanba kuni kechqurun, naq savdo avjida bo‘lgan paytda yuz bergan
  • Qurbonlar orasida esa, favqulodda xizmat xodimlari ham bor. Ular vayronalar ostida qolgan odamlarga ko‘mak berishayotgan paytda tomning qolgan qismi ham ustlariga qulab tushgan.
  • Kutilmaganda yuz bergan hodisa sabab, o‘nlab kishilar turli ko‘rinishda tan jarohati ham olishgan. Katta sondagi insonlarning taqdirlari esa, hanuz ma‘lum emas.
  • Latviya Bosh vaziri Valdis Dombrovskisning aytishicha, yuz bergan hodisa ortidan, "qurilish me‘yorlariga rioya etmaslik" bandi bilan jinoiy ish ochilgan.
  • Supermarket tomining nega qulab tushgani sabablari ma‘lum emas. Ammo, xabarlarga ko‘ra, baxtsiz voqea ro‘y bergan paytda tomning ustida qishki bog‘ qurilayotgan bo‘lgan.
  • Beton va oynadan ishlangan bir qavatli supermarket binosini vayronalardan tozalash, omon qolganlarni tashqariga olib chiqish uchun qutqaruvchilar tuni bilan zahmat chekishgan.
  • Voqea shohidlarining aytishlaricha, tomning bir qismi qulab tushgan paytda, xaridorlar jonlarini saqlash uchun tashqariga yugurib chiqmoqchi bo‘lishgan. Ammo supermarket eshigi avtomatik ravishda yopilib qolgan va ular ichkarida qamalib qolishgan.
  • Manaman degan supermarket binosi bir necha soatning o‘zida vayronaga aylangan. "Maksima" savdo tarmog‘ining shoxobchasi sifatida 2011 yilda ish boshlagan do‘kon binosi mukofotga ham qo‘yilgandi.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.