Xitoy: Kommunistik partiya binosida portlash ro‘y berdi

  • 6 Noyabr 2013
Hodisa joyida tutun ko‘ringan
Hodisa joyida tutun ko‘ringan

Xitoy Kommunistik partiyasining Tayyuan shahri bo‘limi binosi yonida bir necha portlash sodir etildi. Bir kishi o‘ldi.

Sinxua axborot agentligi bombalarning uyda yasalgan qo‘lbola ekanligini yozmoqda. Agentlikka ko‘ra, sakkiz odam jarohat olgan va ikki mashinaga zarar yetgan.

BBC muxbirining aytishicha, portlashlar 7 yoki 8 marta bo‘lgan. Politsiya ma‘lumotlariga ko‘ra hodisa joyida uncha katta bo‘lmagan bir nechata portlovchi uskuna ishlab ketgan. Davlat televideniyesi uskunalar gulzorga joylashtirilganini ta‘kidlamoqda.

Portlashlar ertalabki tig‘iz vaqtda mahalliy vaqt bilan soat 7:40 da bo‘lgan. Partiya bo‘limi binosidagi oynalar singan.

Ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan rasmlarda hodisa joyida tutun va o‘t o‘chirish mashinalarini ko‘rish mumkin.

Shansi politsiyasi hodisa joyiga bo‘lga rahbarlari zudlik bilan jo‘nab ketganini bildirgan.

Hodisa nima sababdan ro‘y bergani borasida hozircha biror izoh yo‘q. O‘tmishda norozi fuqarolar tomonidan mahalliy hokimiyat strukturalarini nishonga olish hollari bo‘lib turgan.

Pekin markazida o‘tgan hafta ro‘y bergan portlash sabab odamlar orasida tanglik kuchli. O‘shanda Odam tig‘iz maydonga shiddat bilan kirib kelgan avtoulov to‘satdan portlab ketgandi.

Kamida besh kishining umriga zomin bo‘lgan hujumni politsiya xudkushlik amali, deb gumon qilayotir.

Shu hafta so‘nggida Kommunistik partiya rahbarlari Pekinda yirik iqtisodiy rejalashtirish yig‘ilishida uchrashishi kerak.