Ko‘p minglab namoyishchilar "Rus marshi"ga chiqishdi

  • 4 Noyabr 2013

Rossiya Ichki Ishlar vazirligi xabar berishicha, Moskvaning Lyublino tumanida o‘tgan "Russkiy marsh"da ishtirok etish uchun 8 mingdan ortiq kishi to‘plangan.

BBC muxbiriga ko‘ra, maydonda namoyishchilar bir chaqirimga yetadigan ko‘chani to‘ldirishgan.

"Russkiy marsh" harakatining ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalari rus xalqini yurishga qo‘shilishga chaqiriqlar, hamda rus bo‘lmagan aholi, xususan Markaziy osiyolik muhojirlar va Qofqozlik fuqarolarga qarshi millatchi bayonotlar bilan to‘lgan.

Biz namoyishlarni kuzatgan moskvalik jurnalist Sohiba Hayitboyevadan taassurotlarini so‘radik.