Robiya Qodir: "Xitoy hukumati Tyananmen bilan bog‘liq haqiqatni yashirmoqda"

  • 31 Oktyabr 2013
Xitoy politsiyasi Tyananmen hodisasini uyushtirganlikda gumon qilib, uyg‘urlarni qo‘lga olgan.

Jahon Uyg‘urlar Kongressi 28 oktyabr kuni Xitoyning Markaziy Tyananmen maydonida terrorchilik amali sodir etilgani haqida Xitoy hukumati bergan bayonotni shubha ostiga olgan.

Hodisada mashina ichida bo‘lgan uch kishi va ikki sayyoh halok bo‘lgan edi.

O‘lganlarning uch nafari hamda hibsga olingan besh kishining ism-shariflari uyg‘urcha.

BBC bilan suhbatda Jahon Uyg‘urlar Kongressi Prezidenti Robiya Qodir Xitoy hukumatini hodisa bilan bog‘liq haqiqatni yashirishda aybladi.