BBC navigation

Gulnora Karimova o‘zining blogini ham o‘chirdi

Сўнгги янгиланиш 14 октябр 2013 - 13:32 GMT

Gulnora Karimova o‘zining blogini ham o‘chirdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova aftidan o‘zining WordPressdagi blogini o‘chirgan.

Bugun ertalab BBC Monitoringi https://gkarimova.wordpress.com kirishga uringanida bu websaytda "gkarimova.wordpress.com is no longer available. The authors have deleted this site", ya‘ni bu sayt ortiq ishlamayapti va mualliflar bu saytni o‘chirishgan degan yozuv chiqib kelgan.

Gulnora Karimovning ushbu blogi atigi bir necha oy ishlagan va kamdan-kam yangilanib turgan.

Xabarlarning birida u davlat mulozimlarini ochiqchasiga poraxo‘rlikda ayblab chiqqan edi.

Yana bir xabarda u o‘zining Farg‘ona vodiysiga safarini yozib chiqqandi.

Avvalroq Karimova xonimning Twitter hisobi ham bir necha kunga o‘chirilgan edi.

Rost, Instagram rasmlar tarmog‘ida u "qizg‘anchiq" shaxslarning uni o‘z Twitter hisobidan mahrum etganini aytgandi.

Go‘yoki bular Fond Forumning har yili o‘tkazadigan Art Week Style.uz modalar va san‘at ko‘rgazmasini buzish yo‘lida qilishgan.

Keyinroq uning Twitter sahifasi qaytadan boshqa hisobda @Gulnara-uz - at https://twitter.com/Gulnara nomi bilan ochilgan edi.

Uning Instagramdagi sahifasi hanuz tirik va so‘nggi bor 12 oktyabrda yangilangan.

Uning shaxsiy websayti http://www.gulnarakarimova.com ham ishlab turibdi.

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.