Lola Karimova-Tillayevani bunchalik oshkoralikka nima undadi?

  • 27 Sentyabr 2013

Prezident Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillayevaning BBC O‘zbek xizmatiga intervyusi o‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turishi ommaviy axborot vositalari tomonidan ham, Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi mushtariylar tomonidan ham e‘tirof etilmoqda.

Bunday ochiqlik yaqin yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi rahbarlarining oilalari a‘zolari orasida ham kuzatilmagan.

Xo‘sh, Karimova-Tillayeva xonimning bunday noqulay savollarga javob berishi nimadan dalolat beradi?

BBC ushbu savol bilan AQShda istiqomat qilayotgan sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev va Frantsiyadan siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimovni davra suhbatiga taklif etdi.

Suhbat boshidagi birinchi savol, eng avvalo bu intervyuning qaysi nuqtalarini siz ahamiyatli, deb topdingiz, degan savol bo‘ldi.

Davra suhbatini Toshpo‘lat Yo‘ldoshev boshlab beradi.