BBC navigation

BBC mehmoni sobiq vazir Olim Atayevga savol bering

Сўнгги янгиланиш 2 сентябр 2013 - 14:37 GMT

Olim Atayev xorijda boshpana olgan oz sonli yuqori o‘zbek mulozimlaridan biridir

O‘zbekiston sobiq vaziri бу ерга босинг Olim Atayev bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

Frantsiyada siyosiy boshpana olgan Olim Atayevga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk
elektron manzilimizga yo‘llang.

Olim Atayev 1948 yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘qituvchi oilasida dunyoga keldi.

Sakkiz farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan 16 yoshida Toshkentga keladi va Oziq-ovqat va Sanoat Vazirligi qoshida novvoy va qandolatchilar maktabining bir yillik kursini tamomlaydi.

Ilm olish barobarida Toshkentdagi non chiqarish korxonalarida ishlaydi.

So‘ngra Toshkent don-mahsulotlari texnikumini imtiyozli diplom bilan bitiradi.

Moskvadagi Oziq-ovqat instituti iqtisodchi muhandislik bo‘limini tugatadi.

36 yillik mehnat faoliyati davomida Olim Atayev oddiy ishchilikdan vazir lavozimigacha ko‘tarilgan.

Bu davr ichida non va qandolatchilik sohasida 100 dan ortiq kashfiyotlar qilgan.

BMT qoshidagi Xalqaro Informatika Akademiyasining akademigi faxriy ilmiy darajasiga ega.

Olim Atayev 90 yillar boshida boshlatilgan "g‘alla mustaqilligi" siyosatini amalga oshirishda yetakchilik qilgan shaxslardan biri sifatida ko‘riladi.

U rahbarlik qilgan "O‘zdonmahsulot" Davlat Aktsionerlik Korporatsiyasining 90 yillarda O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab non ishlab chiqarish korxonalarini barpo etgan.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olinishi mumkinligi ma‘lum bo‘lgach Olim Atayev 200 yil martida O‘zbekistondan chiqib ketgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi janob Atayev, uning qizi Nadejda va o‘g‘li Qahramonni 2000 yilda yirik miqdorda davlat mulkini o‘marishda ayblab, qidiruvga bergan.

O‘zbek rasimylari bir necha bor Frantsiya hukumatidan ularni O‘zbekistonga topshirishni so‘raganlar.

To‘rt yil muqaddam Frantsiya hukumati bu oilaga nisbatan ta‘qiblarni "noqonuniy" deb topib, Atayevlarni O‘zbekistonga topshirishdan qat‘iyan bosh tortgan.

Olim Atayev oilasi bilan 11 yildan buyon Frantsiyada siyosiy muhojir istiqomat qiladi.

Iyul oyida Toshkent shahar mahkamasi Olim Atayevni yirik miqdorda davlat mulkini o‘g‘irlashda ayblab, sirtdan 9 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Uning jinoiy sheriklari sifatida qizi Nadejda va o‘g‘li Qahramon Atayevga sirtdan 7 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Olim Atayev unga chiqarilgan hukm siyosiy vajlarga asoslanganini aytadi.

Ayni damda O‘zbekistonda Atayevlar ishi berkitilgan.

Ammo sobiq vazir va uning farzandlari O‘zbekistonda ularga nisbatan chiqarilgan hukm "uydirmalar"ga asoslanganini da‘vo qilib, "kelgusi kunlarda" Interpolga murojaat qilish niyatida ekanini ma‘lum qildi.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba va yakshanba kungi radio eshittirishlarimizda tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.