London: "Arsenal" ishqibozlari va inson huquqlari

  • 14 Avgust 2013
Rasmda Venger Duk bilan birga ko‘ringan

"Arsenal" futbol jamoasining ishqibozlari Vetnamning rezina ishlab chiqaruvchi shirkati bilan aloqalarni uzish chaqirig‘i bilan chiqishgan.

"Global Witness" yo "Global guvoh" tashkiloti Vetnamdagi HAGL (Hoang Anh Gia Lai) shirkatini Laos va Kambodjada yer tortib olish hamda inson huquqlarini poymol etishda ayblagan.

"Arsenal" ishqibozlaridan 1,600 kishi internetdagi bu chaqiriq ostiga imzo qo‘yishgan.

"Arsenal" futbol jamoasi rasmiylarining aytishicha futbol klubining HAGL shirkati bilan rasmiy aloqasi yo‘q.

"HAGL faqat Xanoyda bo‘lib o‘tgan o‘yinga sheriklik qilgan" - deb bildirgan klub.

HAGLning bayonotiga ko‘ra esa bu shirkatning biznesi "mahalliy qonunchilikka to‘liq darajada muvofiqdir".

"Global Witness" yo "Global guvoh" tashkilotining hisobotiga ko‘ra HAGL rezina ishlab chiqarish uchun Laos va Kambodjada ko‘plab insonlarni o‘z turar yerlaridan kam va yo mutlaqo to‘lovlarsiz ko‘chirtirgan.

"Arsenal"ning yaqinda Vetnam bo‘ylab safarida klub marketingi rahbari Angus Kinnear va murabbiy Arsen Venger HAGL raisi Doan Nguyen Duk bilan rasmga tushishgan.

"Arsenal"ning tamg‘asi ham HAGL websaytida paydo bo‘lgan.

Ma‘lumki, "Arsenal" futbol jamoasining 30 foizga yaqin hissasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning qo‘lidadir.