BBC navigation

Britaniya noqonuniy muhojirlarga "Uyingga ket!" demoqda

Сўнгги янгиланиш 12 август 2013 - 10:43 GMT

London ko‘chalarida "Britaniyada noqonuniymisan? Uyingga ket yoki qamoqqa olinasan!" degan yozuvli mashinalar paydo bo‘lgan

Britaniyada noqonuniy muhojirlarga qarshi boshlangan kampaniya orqasidan 150 kishi ushlangani xabar qilinmoqda.

Politsiya reydlari noqonuniy muhojirlarga qarshi reklama kampaniyasi bilan birga boshlangan.

London ko‘chalarida "Britaniyada noqonuniymisan? Uyingga ket yoki qamoqqa olinasan!" degan ulkan yozuvlar va zanjir aks etgan yuk mashinalari paydo bo‘lgan.

Reklamada shuningdek "78070 nomeriga text yozing, biz uyga qaytishingizda yordamlashamiz" degan yozuvlar bor.

Biroq to‘satdan boshlangan va muhojirlarga qarshi kurashning u qadar ta‘sirli bo‘lmagan yo‘li nafaqat jamoatchilikning tanqidlariga sabab bo‘lgan, balki boshqaruvdagi koalitsiya orasiga ham darz solishi mumkin.

Muhojirlarga qarshi reydlar politsiya tomonidan vokzallar, metro bekatlari, muhojirlar joylashgan maskanlarda o‘tkazilgan.

Natijada 150 ga yaqin kishi, asosan Pokiston, Nigeriya, Hindiston va Gana fuqarolari ushlangan. Ular deportatsiya qilinishi uchun maxsus bo‘limga olib ketilgan, ish beruvchilarga esa katta miqdordagi jarimalar solingani aytiladi.

Migratsiya ishlari bo‘yicha vazir Mark Xapper noqonuniy muhojirlar mehnatidan foydalanganlar qattiq jazolanishini ogohlantirgan.

Bundan tashqari Britaniyada Afg‘onistondan, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi notinch vaziyatdan qochib kelgan minglab muhojirlar bor.

Ularning taqdiri qanday kechishi hozircha noma‘lum.

Hukumat, birinchi navbatda migratsiyani cheklashni talab qilayotgan Britaniya mustaqillik partiyasi migratsiyaga qarshi shu tariqa kurashmoqchi. Biroq hukumatning rejalari bu tarzda amalga oshishi qiyin, deyishmoqda tahlilchilar.

Ayni paytda MSN News o‘tkazgan so‘rovga binoan 80 ming odam yoki 80 foiz kishi qo‘llanilayotgan choralarni "o‘ta qattiq", deb baholagan.

Liberal-demokratlar konservatorlarning muhojirlik siyosatini tanqid qilib chiqqan. Ularga ko‘ra, bu chora nafaqat ta‘sirsiz, balki inson huquqlarining buzilishidir.

Tijorat ishlari bo‘yicha vazir liberal-demokrat Vins Keybl noqonuniy muhojirlarga qarshi aktsiyani "ahmoqona va haqoratli", deb atagan.

Politsiya harakati va reklamalarni Britaniya mustaqillik partiyasi rahbari Nayjel Faraj ham tanqid qilgan.

"Hujjatlarni talab qilish umuman Britaniyaga xos odat emas. Britaniyaliklar yonlarida hujjatlarini doimo olib yurishlari shart emas, deb ta‘kidlagan u. "Noqonuniy muhojirlikni chegarada tartibga solish kerak, keyin uning oqibatlarini tuzatish bilan shug‘ullanmasdan", deydi u shuningdek.

"Avtobuslardagi reklamalar ta‘sir qilishdan ko‘ra, vaziyatni taranglashtiradi", degan fikrda Britaniya iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar direktori Jonatan Portes. - Hukumatning bu harakati Britaniyaga o‘qishga, shuningdek Ovro‘po davlatlaridan ishga kelayotganlar uchun ta‘sir qilishi mumkin. Bu Britaniya iqtisodi va rivojiga ham ta‘sir qilishi shubhasiz", deb ta‘kidlagan britaniyalik tadqiqotchi.

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.