O‘zbekiston mashinalari uchun "talash"

  • 8 Avgust 2013
Olam.uz videosi qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar savdosi salonlarda turnaqator navbatlar, ur-yiqit va talashga sabab bo‘layotgani aksariyat web nashrlarida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan.

Chetdan mashina kiritilishi deyarli ta‘qiqlab qo‘yilgan O‘zbekistonda mamlakatda ishlab chiqariladigan mashinalarning bozori chaqqon.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ba‘zi fikr va mulohazalar:

zahar.saharov@rambler.ru 15:02, 7 Avgust 2013Uyat. Agar odamlar o‘z pullariga mashina sotib olisholmasa, zavod ehtiyojni qondirolmasa – bunaqa zavod nimaga kerak? Mulozimlar nafsoniyatlari uchunmi? Qanaqadir noma‘lum sxema, korruptsiya, yovvoyi narxlar...Bu yerda gap madaniyat haqida borayotgani yo‘q. Gap odamlarni bir birlariga nisbatan bu qadar qo‘pollik qilishga nima majbur qilayotganida...

Anonim 15:18, 7 Avgust 2013

Uyat! Hamyurtlarimiz qanday tutishmoqda o‘zlarini! Bosib o‘t, yanchib tashla, ammo mashinani sotib ol, keyin ustiga qo‘yib sotasan!

Anonim 17:00, 7 Avgust 2013

Uzavtopromga shon–sharaflar bo‘lsin! Sun‘iy yetishmovchilikka faqat biz qodirmiz…

Farrux Yunusov AvtoVaz orzu qilsa bo‘ladi bunaqasini ))

Bepul Uz Dmm Odamla jinni bop qolgan ....... Nonga ochered turgandek turishini bularni

"Odamlar temir uchun jon berishadi"

"Nimasi zo‘r dedingiz?"

Yaqinda o‘z faoliyatini qayta boshlagan Olam.uz web portali Toshkentdagi avtosalondagi ur-yiqit videosini chop etgan.

uzmetronom.com web sahifasi "Odamlar temir uchun jon berishadi" degan sarlavha bilan bu videoga link uzatgan.

Nashr "odamlarni o‘z qadr-qimmatini yo‘qotishga nima majbur qildi" qabilida savol bilan munosabat bildirgan.

Aksariyat o‘quvchilar bu videoga salbiy munosabat bildirishgan va O‘zbekistonning avtosavdo tizimini tanqid qilganlar.

So‘nggi paytlar deyarli barcha sohalarga aralashishni odat qilgan prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora bu gal ham o‘zini tiymagan.

Gulnora Karimovaning Twitterdagi yozishmalaridan anglashilinishicha, O‘zbekistondagi mahalliy mashinalarni narxi "norealdir".