BBC navigation

Latviyadagi noqonuniy pul o‘tkazmalariga O‘zbekiston ham aloqadormi?

Сўнгги янгиланиш 29 июл 2013 - 14:03 GMT

Latviya moliyaviy idoralari "Teliasonera" mobil aloqa shirkatining O‘zbekistondagi litsenziya uchun Latviya banki orqali o‘tkazgan pullari yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Shved telekom shirkati 2007 yilda amalga oshirgan trancaktsiya Shvetsiyaning o‘zida jinoiy tekshiruv va shirkat rahbarining iste‘fosiga sabab bo‘lgan.

Shvetsiyalik prokurorlar - "Teliasonera" "Takilant" shirkatidan sotib olgan litsenziya uchun to‘langan yuz millionlab dollar mablag‘lar Prezident Karimov oilasi cho‘ntagiga ketgan bo‘lishi mumkin, degan farazlarni tekshirishmoqda.

Latviya o‘zining sobiq sovet davlatlari uchun moliyaviy offshor hududga aylangani haqidagi da‘volarni rad etadi.

Mavzuni o‘rganayotgan jurnalist Shohida Yoqubning aytishicha, hozirda boshlangan tekshiruvlar Latviyadagi o‘zbek pullarining miqdoriga aniqlik kiritishi mumkin.

Шоҳида Ёқуб Латвия банк тизими ҳақида

Шоҳида Ёқуб Латвия банк тизими ҳақида

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Изоҳлар

 posting

Биринчи бўлиб изоҳ қолдиринг

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.