BBC navigation

Badaxshondagi Tolibon safida o‘zbekistonlik ayol ham borligi aytilmoqda

Сўнгги янгиланиш 25 март 2013 - 14:24 GMT

Jangarilar safida ilk bor o‘zbekistonlik ayolning borligi aytilmoqda

Shimoliy Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh mintaqalarida qariyb ikki haftadan beri Tolibon va hukumat kuchlari orasida janglar kechmoqda.

Ovloq va tog‘li Badaxshon viloyati nafaqat jangarilar, balki giyohvand modda sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar va Tolibon uchun ham bexatar boshpanaga aylangani aytiladi.

So‘nggi janglarda esa, asosan, O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilari urushayotgani haqida xabarlar bor.

Kobuldagi Bi-bisi muxbiri Fozil Ahmad Yolg‘uzga ko‘ra, O‘IHga tegishli ekani aytilayotgan ushbu qurollilar ko‘plari Pokiston hududidan o‘tib kelishgani aytilmoqda.

Ayrim manbalar, hatto, o‘zbekistonlik jangari ayol borasida ham gapiradi.

"Badaxshon rasmiylari ham O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilari orasida Xadicha ismli ayolning ham borligini iddao qilishadi. Aytilishicha, bu ayol o‘ta faol va mintaqadagi Tolibonga portlovchi vositalar tayyorlashda yordam berar ekan", deydi muxbirimiz.

Biroq, hozirgacha mazkur xabarlarni mustaqil manbalardan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan. Tolibon isyonkorlari ham bunga biron munosabat bildirmagan.

"Tolibon safida O‘zbekiston Islomiy Harakati a‘zolari borligi ko‘p marta aytilgan, biroq ilk bor o‘zbekistonlik ayolning afg‘on kuchlariga qarshi janglarda ko‘maklashayotgani rasmiylar tarafidan tilga olinmoqda", deydi Fozil Ahmad Yolg‘uz Kobuldan.

Pokistonda O‘zbekiston Islomiy Harakati qaqshatqich hujumlarga tutilgan, tarkibidagi juda ko‘p jangarilar halok etilgan va yo qo‘lga olingan.

Qolgan qismi esa, Afg‘oniston shimoliga qochib o‘tgani va Tolibon safidan turib faoliyat qilayotgani xususida xabar qilingandi.

Ammo, ularning aniq soni borasida aniq raqamlar keltirilmaydi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.