BBC navigation

Moskvada o‘zbek fuqarosi otib ketilgan

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 11:59 GMT

Rossiyada mehnat muhojirlarini o‘ldirib ketish hollari tez-tez kuzatilmoqda.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, politsiya shanba kuni o‘zbek millatiga mansub kishi noma‘lum odamlar tomonidan otib o‘ldirilganini xabar bergan.

51 yoshli kishi kamida olti marta o‘q yegan. Mazkur voqea yuzasidan qidiruv ishlari boshlangani aytiladi.

Shuningdek politsiyaning aniqlashicha, o‘ldirilgan kishi Moskvaga Samaradan poyezdda kelgan.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, marhumning yonidan Ingushetiya sobiq mehnat vaziri Alixon Zeyxetovning hujjatlari topilgan.

Guvohlarning aytishicha, o‘q uzgan shaxs "Jiguli" avtomashinasida qochib ketgan.

Politsiyaga ko‘ra, qotillik buyurtma bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik xodimlari guvohlardan qotilni topishni tezlashtirish uchun ko‘rganlarini aytib berishni so‘rab murojaat qilgan.

Marhumning mehnat muhojiri bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Keyingi oylarda Rossiyadagi mehnat muhojirlarining o‘ldirilishi hollari ko‘paygani kuzatilgan.

Aksariyat qotilliklar millatchilik tomonidan yoki mehnat muhojirlarining o‘zlari o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar sababli sodir etilgani xabar qilingan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.