BBC navigation

"Bashar al-Assad 2014 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi"

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 11:51 GMT

Suriya inqirozidan tinch aholi eng ko‘p azob chekmoqda.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy Tehronga tashrif buyurgan Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim bilan birga matbuot anjumanida ma‘lum qilgan.

"Prezident Assad keyingi saylovlarda boshqa nomzodlar qatori ishtirok etadi. Suriya xalqi kimni xohlasa o‘shani saylaydi", - deb aytgan janob Solihiy.

Shu bilan birga u Suriyaning hozirgi rahbari G‘arb va bir qancha arab davlatlari mamlakatdagi inqirozni yechish uchun vazifasidan ketishni talab qilishiga qaramasdan, o‘zining rasmiy muddati tugaganiga qadar hokimiyatda qolishini ta‘kidlagan.

Eron diplomati o‘z o‘rnida AQShning Suriya jangarilarilariga yordam yetkazib berish qarorini qoralagan. "Agar siz rostdan ham Suriyadagi hodisalardan achinadigan bo‘lsangiz, unda muxolifatga hukumat bilan muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishni talab qilib, qon to‘kilishini to‘xtatgan bo‘lardingiz", - degan Eron Tashqi ishlar vaziri.

O‘z navbatida Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim "muvaffaqiyatli muzokaralar uchun zo‘ravonliklarni to‘xtatish lozim". "Zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun esa uning manbasini aniqlash kerak. Biz ayni paytda "Al-Qoida" bilan bog‘liq terroristik guruhlar mamlakat ichida ekanini bilamiz", - deydi Suriya Tashqi ishlar vaziri.

"Suriya armiyasi terroristlar bilan kurashni davom ettiradi", - ta‘kidlaydi janob Muallim.

Suriya rasmiysi Rossiyaning mojaroda tutgan mavqeini yoqlarkan, Rossiya xorijiy aralashuvga qarshi chiqib, xalqaro normalarga amal qilmoqda, deb aytgan.

"Bizga ko‘proq qurol bering!" deyishmoqda isyonchilar

Suriya muxolifati : Bizga qurol bering!

"Jangchilarimizning uzun soqollariga e‘tibor qilmay, bizga qurol jo‘nating", - deb murojaat qilgan Suriya muxolifati rahbarlari "Suriya do‘stlari" yig‘ilishida.

Rimda bo‘lib o‘tgan "Suriya do‘stlari" uchrashuvida AQSh Davlat kotibi Kerri isyonchilarga 60 million dollar harbiy emas, insonparvarlik yordami va‘da qilgan. Boshqa xabarlarda aytilishicha, Iordaniyada Suriya isyonchilari Amerika maxsus xizmat xodimlari bilan birga o‘quv mashqlari o‘tmoqda.

Ovro‘po Ittifoqi tomonidan Britaniyaning Suriya isyonchilariga yordami uchun yo‘l ochib berish va‘da qilingan. Shuningdek, muxolifatdan Suriya xalqi orasida o‘z obro‘sini ko‘tarish so‘ralgan.

Shunga qaramasdan, isyonchilar olinayotgan yordamlardan qoniqmayotganlarini aytishmoqda.

Suriya muxolifati rahbari Muaz al-Xatib G‘arbni "isyonchilarning diniy e‘tiqodlari tashvishga solgani"ni tanqid qilgan.

Unga ko‘ra, vaziyatni o‘zgartirish uchun isyonchilarga aniq ko‘mak, qurol-yarog‘ zarur.

Shiddatli janglar

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Suriyaning shimolidagi Rakka viloyatida hukumat kuchlari va isyonchilar o‘rtasida qaqshatqich janglar ketmoqda.

To‘qnashuvlar natijasida o‘nlab insonlar halok bo‘lgan.

Janglar shuningdek Aleppo shahridagi politsiya akademiyasi atrofida va Damashqning chekka tumanlarida ham davom etayotgani aytilmoqda.

Hisobotlarga qaraganda, Suriyada ikki yildan buyon davom etayotgan zo‘ravonliklarda 70 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.