BBC navigation

AQSh O‘zbekistonga dron uchoqlari yetkazib beradi

Сўнгги янгиланиш 1 март 2013 - 16:47 GMT

O‘zbekistonga dronlar sotiladimi yoki yordam tariqasida beriladimi, hozircha ma‘lum emas

AQSh hukumati O‘zbekistonga uchuvchisiz boshqariladigan dron uchoqlari yetkazib berishni rejalamoqda.

AQSh Davlat Kotibining yordamchisi Robert Bleykning jurnalistlarga aytishicha, Davlat Departamenti Kongressni ushbu rejadan ogoh qilgan.

"O‘zbekiston hujumkor qurollarni so‘rayotgani yo‘q. Ular bizdan o‘zlarini mudofaa qilishda yordam so‘rashmoqda "

Robert Bleyk, AQSh Davlat Kotibining yordamchisi

Janob Bleyk bu haqda 27 fevral kuni Vashingtonda o‘tgan "Avrosiyoga islomiy jangarilik tahdidi" mavzuidagi tinglovdan so‘ng gapirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Toshkent Qo‘shma Shtatlardan yirik qurol-yarog‘ tizimlarini so‘rayotgani yo‘q.

"O‘zbekiston yirik qurol-yarog‘ tizimlari, har holda hujumkor qurollarni so‘rayotgani yo‘q. Ular bizdan o‘zlarini mudofaa qilishda yordam so‘rashmoqda" , - deb aytgan janob Bleyk.

Kongressmen Deyna Rorabaxerga ko‘ra, Prezident Karimovning inson huquqlarini buzishiga ko‘z yumish mumkin

AQSh Davlat Departamenti dron uchoqlari O‘zbekistonga qanday shartlarda yetkazib berilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni oshkor etmagan.

Uchoqlar O‘zbekistonga sotiladimi yoki harbiy yordam doirasida beriladimi, hozircha ma‘lum emas.

O‘tgan yili AQSh Kongressi O‘zbekistonga Andijon voqealaridan so‘ng qurol-yarog‘ sotishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlagan.

AQSh Davlat Kotibining yordamchisiga ko‘ra, hozirda Vashington O‘zbekistonga "Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik" doirasida ko‘rsatiladigan yordamni ham qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Inson huquqlari faollari AQShning O‘zbekistonga harbiy yordami va qurol-yarog‘ sotish rejalaridan xavotir izhor qilishgan.

Ularga ko‘ra, Prezident Karimovning repressiv tuzumi bu qurollarni siyosiy muxoliflari va o‘z fuqarolariga qarshi ishlatishi mumkin.

Inson huquqlari tashkilotlari Karimov tuzumini islomiy jangarilik xavfini bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblaydilar.

Ikkinchi Saudiyami?

Ayni paytda amerikalik ayrim kongressmenlar O‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizm borasidagi xavotirlarini qo‘llab-quvvatlashgan.

Jumladan, yaqinda Toshkentga safar qilgan Kongress a‘zosi Deyna Rorabaxerga ko‘ra, islomchilik tahdidi o‘zbek hukumatining inson huquqlariga qo‘ygan cheklovlarini oqlaydi.

"O‘zbekiston hukumati diniy haq va erkinliklarni cheklagani uchun tanqid qilinadi, ammo ular radikal islomiy guruhlarning hokimiyatga kelishini jilovlashmoqchi", - deb aytgan AQSh Kongressining Ovro‘po va Avrosiyo bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, islomiy guruhlar mintaqada shariat qonunlarini o‘rnatishni istaydilar.

Kongressmenning aytishicha, Toshkentdagi muzokaralari chog‘ida Prezident Karimov unga AQSh bilan harbiy hamkorlikni misli ko‘rilmagan darajada kengaytirishni istashini aytgan.

"Ular sovetlardan qolgan butun harbiy texnikani amerika jihozlari bilan almashtirish niyatida ekanliklarini aytishdi", - degan kongressmen.

Janob Rorabaxer O‘zbekiston bilan xuddi Saudiya Arabistoni kabi muomala qilishni tavsiya etgan.

Qo‘shma Shtatlar Saudiyaga inson huquqlarining abgor ahvoliga qaramasdan qurol-yarog‘ sotib keladi.

Ammo ayni paytda AQSh O‘zbekistonga islomiy jangarilar tomonidan xavf muqarrar, deb ishonmaydi.

"Biz Markaziy Osiyo davlatlariga islomiy jangarilar tomonidan tahdid muqarrar, deb hisoblamaymiz. Ammo shu bilan birga, hozirda islomchi jangarilar tomonidan kelayotgan cheklangan tahdid xotirjam bo‘lish yo-da chekinishga asos bo‘lolmaydi", - deb aytgan AQSh Davlat Kotibining yordamchisi Robert Bleyk.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.