BBC navigation

Toshkentda yer qimirladi

Сўнгги янгиланиш 22 феврал 2013 - 14:25 GMT

22 fevral mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 7.38da Toshkentda 4,5 ballik zilzila ro‘y bergan.

Toshkent seysmostantsiyasining ma‘lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 300 km shimoli-sharqda Qirg‘iziston hududida bo‘lgan.

Ovro‘po-O‘rtayer dengizi seysmik idorasi zilzila markazi O‘zbekiston poytaxtidan 20 km g‘arbda joylashganini bildiradi.

Zilzila chuqurligi 30 kmni tashkil qilgani aniqlangan.

Toshkentliklar yer qimirlashi sezilarli darajada bo‘lganini aytishdi.

Ko‘p qavatli uylarda zilzila kuchliroq sezilgan. Uydagi mebellar silkinib ketgani, ba‘zi joylarda avtomashinalar signali ishlab ketgani xabar qilinadi.

Zilziladan talofotlar kuzatilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, yer osti silkinishlari Farg‘ona va Namanganda ham qayd etilgan.

Seysmostantsiya xodimlari zilzila borasidagi yakuniy ma‘lumotlar to‘la aniqlab ulgurilmaganini bildirishdi.

Ularning aytishicha, hozirgi kunda O‘zbekistondagi 26 shaharga oid zilzilaviy xaritalar institut olimlari tarafidan tuzilgan va o‘rganilyapti.

Shuningdek seysmologlarga binoan, Toshkentdagi 1966 yildagi kuchli zilziladan keyin poytaxtdagi uylar kuchli 8 ballik zilzilalarga bardosh bera oladigan qilib qurilmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.