BBC navigation

Kompyuter o‘yini orqali O‘zbekiston paxta dalalariga marhamat qiling

Сўнгги янгиланиш 19 феврал 2013 - 13:14 GMT

Muallif kompyuter o‘yini orqali o‘zbek bolalarining bir kunlik zahmatini ko‘rsatib berishga uringanini aytadi

Britaniyada - "Paxta terimidagi bir kunim" deb nomlangan yangi videoo‘yin yaratilgan. GameTheNews.net shirkati xodimi va o‘yin muallifi Tomas Roulingning aytishicha, mazkur loyiha orqali ishqibozlar O‘zbekiston paxta dalasida virtual tarzda taklif etiladi va ularga paxta terishning, ayniqsa, bolalar uchun qanchalik og‘ir ish ekanligi ko‘rsatib beriladi. Rouling janoblari o‘zbekistonlik bolalarning paxta yig‘im-terimiga majburlanishi borasida Britaniya matbuotida chop etilgan maqolalardan bilib olgan.

Tomas Rouling: Men Tvitterda O‘zbekistondagi paxta terimiga oid ba‘zi yozishmalarni o‘qidim, qiziqishim ham shundan boshlandi va mavzuni chuqurroq o‘rganishga kirishdim. O‘zbekistondagi vaziyat borasida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lganimdan so‘ng, mavzuni o‘zimga yaqin bo‘lgan tilda, ya‘ni videoo‘yini orqali muhokama qilish g‘oyasi tug‘ildi. Videoo‘yin - har qanday mavzuni o‘rganish uchun eng qulay interaktiv usuldir. Shu bois, bolalar qancha paxta terishlari kerakligini o‘yin vositasida ko‘rsata olsangiz, o‘smirlar ham bu ma‘lumotlarni tezroq qabul qilishadi.

BBC: Siz bu videoo‘yin qoidalarini tushuntirib bera olasizmi? O‘yinchilar nima qilishlari lozim bo‘ladi?

Tomas Rouling: Umuman olganda, kimdir terim mavsumida paxtaga yuboriladi va u paxta terishi kerak bo‘ladi. Oldinda ikki tugmacha mavjud - birinchisi, "Paxta terish" uchun bo‘lsa, ikkinchisi, paxtani qolipga solishga mo‘ljallangan. Barmog‘ingiz "paxta ter" degan tugmachani bosishdan charchab qolganda, yig‘ilgan paxtalar qiymati va undan nimalar tayyorlanishiga oid ma‘lumotlar paydo bo‘ladi. Ya‘ni, siz uchun belgilangan "Paxta kvotasi" nimaga arziydi, degan ma‘noda. Bu juda zerikarli og‘ir ish, juda ko‘p ter to‘kkaningizga qaramay, alal-oqibat, oladigan pulingiz haminqadar bo‘ladi.

BBC: Siz yaratgan videouyingiz bolalar majburiy mehnatiga e‘tibor qaratadimi?

Tomas Rouling: To‘ppa-to‘g‘ri, alal-oqibat, siz paxta terishdan bezor bo‘lib, boshqa narsaga, misol uchun, "G‘azabnok qushlar" kabi quvnoqroq o‘yinga o‘tishingiz mumkin. Lekin, "jonimga tegdi" degan tugmani bosib, bu o‘yindan chiqib ketishga urinarkansiz, "agar haqiqatdan ham, bu ishga majburlanganingizda, sizda o‘yindan, ya‘ni paxta dalasidan chiqib ketish imkoni bo‘lmaydi", degan qisqa yozuv paydo bo‘ladi.

BBC: Kvotani bajarmaganlar uchun jazo ham ko‘zda tutilgan ekan. Ular nimalardan iborat?

Tomas Rouling: Men xabarlardan bunday terimchilar turli yo‘llar bilan jazolanishlari haqida bilib oldim. Terimchilarga qarshi zo‘ravonlik, maktabdan haydash xavfi, oila a‘zolari o‘z ish joylaridan mahrum bo‘lib qolishlari va hokazo. Ya‘ni, rasmiylar odamlarni paxta dalalarida ushlab turish uchun har qanday usuldan foydalanishlari mumkin. Bizning o‘yinimizda esa, ma‘lum muddat ichida paxtani tera olmagan bolalar kaltaklanishadi. Lekin, albatta, o‘yinda kaltaklash haqiqiy amalga oshirilmaydi, faqat po‘pisa paydo bo‘ladi. Bu videoo‘yin orqali O‘zbekistondagi bolalar paxta terish uchun qanchalar zahmat chekishga majburlanishlari ko‘rsatib beriladi. Shaxsan men kabi, O‘zbekiston xaqida juda kam ma‘lumotga ega bo‘lgan insonlarga paxta terimiga safarbar etilgan bolalar haqidagi ma‘lumotlar juda tarbiyaviy ahamiyat ta‘sirga ega bo‘ladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.