BBC navigation

Ukraina o‘zbek qochqinini ekstraditsiya qilishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 18 феврал 2013 - 14:09 GMT

O‘zbekistonlik qochqin vataniga topshirilsa u yerda qiynoqlar va qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ukraina Bosh prokuraturasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Hurmatillo Zokirovni vataniga topshirish haqida qaror qabul qilgan.

Zokirov O‘zbekistonda diniy ekstremistik tashkilotga a‘zolik ayblovi bilan qidiruvga berilgan.

Inson huquqlari instituti olgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Zokirov o‘zining Kiyevdagi himoyachisi bilan 2013 yil 25 yanvarda chiqarilgan ekstraditsiya haqidagi qaror ustidan shikoyat arizasi topshirgan.

Hurmatillo Zokirov O‘zbekistonga majburiy qaytarilgan taqdirda u yerda qiynoqlar va bosimlarga duch kelish ehtimoli bor.

Bu ekstraditsiya ishi boshqa qochqinlarning ishidan biroz farq qiladi.

1968 yilda tug‘ilgan, asli andijonlik Hurmatillo Zokirov 2003 yildan boshlab bir necha bor Rossiyaga tirikchilik tashvishida borgan.

2010 yil Zokirovga Rossiyaning Kaliningrad viloyatida vaqtinchalik yashash huquqi beriladi. Shundan so‘ng Zokirov Rossiya fuqaroligini olishga qaror qiladi.

Biroq Hurmatillo Zokirov oktyabr oyida vatanida ekstremistik deb hisoblangan diniy adabiyotlarni saqlash va tarqatish, shuningdek taqiqlangan diniy tashkilotlarga a‘zolik ayblovlari bilan Rossiyada hibsga olinadi.

Zokirovning o‘zi unga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlarni rad etib, diniy e‘tiqodlari tufayli ta‘qibga uchrayotganini ta‘kidlaydi.

Yekaterina Gribanova o‘zining himoyasidagi Zokirovni O‘zbekistonga berilishi haqidagi qaror noto‘g‘riligi, O‘zbekistonga qaytarilgan taqdirda soxta ayblovlar va qamoq jazosiga hukm qilinishini isbotlab berib, qarorni bekor qilinishiga muvaffaq bo‘ladi.

Kaliningrad viloyatida diniy ayblovlarda gumonlangan bir qancha o‘zbek va tojik fuqarolari vataniga qaytarib yuborilish hollaridan so‘ng, Hurmatillo Zokirov o‘zini Rossiyada to‘liq xavfsizligiga ishonmay 2012 yil iyunida Ukrainaga borishga va siyosiy qochqinlik maqomini so‘rashga ahd qiladi.

Biroq Kiyev aeroportida uni hibsga olishadi. Himoyachisiga ko‘ra, endi u Ukrainadan O‘zbekiston so‘roviga muvofiq ekstraditsiya qilinishi mumkin.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.