BBC navigation

Dilmurod Sayyid qamoqxonadan chiqargan xatida bosimlardan arz qilgan

Сўнгги янгиланиш 13 феврал 2013 - 18:24 GMT

Dilmurod Sayyid o‘z xatida qamoqxonadagi ayanchli ahvoldan ogoh etgan.

O‘zbekiston qamoqxonasida qolayotgan jurnalist Dilmurod Sayyid o‘ziga nisbatan qiynoq va bosimlardan shikoyat qilgan.

Yaqinlari orqali chiqarilgan maktubda mahkum jurnalist Navoiy qamoqxonasidagi ayanchli vaziyatni tasvirlaydi.

50 yoshli Dilmurod Sayyid 2009 yil fevralida Samarqanddagi mahkama tomonidan ta‘magirlikda aybdor, deb topilib, 12 yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va jurnalistik faoliyati uchun jazolanganini aytgan.

Dilmurod Sayyid a‘zosi bo‘lgan Ezgulik inson huquqlari tashkiloti faoli va jurnalist Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, xat mahkumning ukasi orqali olib kelingan.

Unga ko‘ra, Dilmurod Sayyid xatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy qiynoqlar haqida gapirmasa ham, qiynoqlar qo‘llanilyapti, qiynoqlarga qarshi konventsiyalar bu yerda ishlamayapti, degan so‘zlar bor.

Dilmurod Sayyid qamalishidan oldin Sobir Rahimov tumanidagi sil dispanserida ro‘yxatda turgan.

Yaqinlari qamoqxonadagi sharoit uning ahvoli, sog‘ligiga albatta qattiq ta‘sir qilgani, ozib ketganini bildirishgan.

Shuningdek, xatda qamoqxonada ijodiy erkinlik yo‘qligi, yozganlari tortib olinayotganligini, unga yuborilayotgan posilkalar o‘ziga yetib kelmasligi, yozayotgan xatlar tashqariga chiqmayotganligi haqidagi ma‘lumotlar keltiriladi.

2012 yil Konstitutsiya kuni munosabati bilan bir qancha mahbuslar qamoqdan ozod qilindi. Biroq Dilmurod Sayyid kasalligi va soxta ayblar bilan qamalganiga qaramasdan qamoqda ushlab turilibdi.

Xalqaro tashkilotlar, G‘arb davlatlari Dilmurod Sayyid doxil siyosiy mahkumlarni ozod qilishga chaqirib kelishadi.

O‘zbekiston hukumati esa bu murojaatlarga nisbatan javob qaytargani yo‘q.

Faqat vaqti-vaqti bilan qattiq bosimlar ostida yoki biror bir katta siyosiy mehmon tashrifi arafasida ba‘zi bir mahkumlarni ozod qilish hollari uchrab turadi.

2010 yil yozida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tumani mahkamasi chiqargan qarorga asosan tovlamachilikda ayblanib qamalgan Dilmurod Sayyid aynan jurnalistik faoliyati uchun jazolangan deb ishoniladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.