BBC navigation

Ollohobod: har 12 yilda keladigan "Kumbh Mela" bayrami boshlandi

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 17:00 GMT
  • "Kumbh Mela" diniy bayrami boshlanarkan, millionlab hindu ziyoratchilari Ollohoboddagi Ganga va Jamna daryolari qo‘shilgan joyda yuvinishni boshlashgan. Dindorlar shu yo‘l bilan qalblari va tanalarini poklanishiga ishonadilar.
  • Har 12 yilda keladigan ushbu diniy marosimda ziyoratchilar, barcha kastalar va diniy oqimlar vakillari ishtirok etiladi. Sobiqda axlat tozalash bilan shug‘ullangan mana bu ayollar nohukumat tashkilotlaridan biri bilan birga kelishgan.
  • Ganga va Jamna birlashib, Sangam hosil qiladigan joydagi muqaddas suvga bir bora bo‘lsayam sho‘ng‘ib chiqish uchun turli tarafdan qayiqlarni to‘ldirgan ziyoratchilar yetib kelishmoqda.
  • Suvga tushib chiqilgandan so‘ng, ust-boshlar daryo bo‘yida yoyib qurutiladi. Dindorlar muqaddas suv insonni ham jisman, ham ruhan tozalashiga ishonadilar.
  • Diniy marosim 55 kun davom etadi. Sathular bu bu vaqt davomida daryo bo‘yicha chodir tikib olishadi.
  • Dunyodan voz kechgan zohidlar esa, "Kumbh Mela"ni yalang‘och holatda nishonlaydilar. Ular ushbu diniy urf-odatlar dunyo bilan rishtalarini butunlay uzib yuborishiga ishonadilar.
  • Sathular
  • 55 kun davom etadigan diniy marosimda 100 million kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
  • Chodirlar tikilgan joylarda yuzlab do‘konlar ochilgan. Do‘konlarda kiyim-kechakdan tortib, kundalik ehtiyoj uchun lozim bo‘ladigan barcha narsalar sotiladi.
  • Bunday talotupda yaqinlarini yo‘qotib qo‘yish hech gap emas. Ko‘ngillilar yo‘qolib qolganlarni topib berishda yordam berishadi.
  • Ollohobodga xorijiy ziyoratchilar ham yetib borishmoqda.
  • Ziyoratchilarni yedirib-ichirish uchun ham hozirliklar ko‘rilgan.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.