BBC navigation

General Allen: "NATO afg‘on urushida g‘alaba qilmoqda"

Сўнгги янгиланиш 11 феврал 2013 - 14:05 GMT

NATOning Afg‘onistondagi qo‘mondoni sifatida faoliyat olib borgan General Jon Allen harbiy ittifoq afg‘on urushida g‘alaba qozonayotganini aytgan.

Allen janoblarining so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar uchun isyonkorlikni yengish tomon yo‘l "uzoq" davom etgan.

General Allen bugun o‘z vazifasini General Jozef Danfordga topshirmoqda.

"Isyonkorlikka qarshi kurash vaqt oladi va kalendarga bir kunni belgilab, "bugun biz g‘alaba qildik", deb aytish qiyin", deb aytgan General Allen BBC bilan suhbatda.

"Mening o‘ylashimcha, biz g‘alaba yo‘lidamiz", deydi u.

19 oylik ish safarlari davomida General Allen Afg‘onistonning ko‘plab mintaqalaridagi xavfsizlik nazoratini afg‘on armiyasi va politsiya kuchlariga topshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Kobuldagi qarorgohda NATO qo‘shinlariga qo‘mondonlikni qabul qilib olgan General Jozef Danford aksar xorij qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish vazifasini bajarishi kutiladi.

U AYESAF - Xalqaro Xavfsizlik Ko‘mak kuchlari so‘nggi qo‘mondoni bo‘ladigan.

"Qo‘shinlar albatta qoladi"

Oq Uy hali Afg‘onistonda qancha sondagi harbiy qo‘shin qolishini rasman ochiqlagani yo‘q.

Biroq, General Allen mamlakatda Amerika qo‘shinlarini mutlaqo qoldirmaslik g‘oyasi yo‘qligini aytgan.

"Prezident 2014 yildan keyingi bosqichda Qo‘shma Shtatlar kuchlari qoldirilishi haqida aniq-ravshan gaapirmoqda", deydi u.

Amerika Generaliga ko‘ra, qo‘shinlar afg‘on armiyasini tayyorlovdan o‘tkazish, maslahatlar berish va ularga ko‘maklashish ishlariga jalb etiladi. Unga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarini qoldirmaslik borasida biron bir ko‘rsatma berilmagan va hatto, bu tanlov mubohasa ham qilib ko‘rilgani yo‘q.

Jon Allen NATO harbiy ittifoqining Ovro‘podagi oliy qo‘mondoni etib tayinlanishi kutilmoqda.

O‘tgan oy uning nomi Markaziy Josuslik Xizmati direktori Devid Petrayeusni iste‘foga yetaklagan mojarolardan oqlangandi.

Jon Allenga nisbatan xizmat vazifasini suiiste‘mol qilganlikka oid ayblovlar bekor qilingan.

Va Amerika Mudofaa vaziri ham General Allenning rahbarlik layoqatiga "to‘la ishonch" bildirgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.