BBC navigation

"Sochida muhojirlar ekspluatatsiya qilinmoqdalar va chuv tushirilmoqdala"

Сўнгги янгиланиш 6 феврал 2013 - 17:15 GMT

2014 yilgi Sochi Qishki Olimpiadasiga bir yil qolar ekan, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro Human Rights Watch tashkiloti olimpiya inshootlarini qurish paytida markaziy osiyolik mehnat muhojirlari haqlari poymol etilayotgani haqida hisobot chiqargan.

Hisobot Sochida mehnat qilayotgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va tojikistonlik 66 mehnat muhojiri bilan suhbatga asoslangan.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, Sochi Qishki olimpiadasi binolarini qurayotgan muhojirlarga va‘da qilingan maoshlarni o‘z vaqtida to‘lamayaptilar.

Ba‘zilarga ishlagan haqlari umuman berilmagan.

Muhojirlar bir haftada 7 kun, har kuni 12 soatlab ishlashga majbur etilayotganlari haqida hikoya qilib berganlar.

Human Rights Watch tashkiloti suhbatlashgan muhojirlari Qora dengiz sohilidagi uch inshoot qurilishida band bo‘lgan insonlardir.

Bu inshootlar Sochi olimpiadasining asosiy stadioni, sportchilar yashaydigan olimpiya shaharchasi va asosiy mediamarkaz binolaridir.

Muhojirlarga ko‘ra, o‘zlarini ishga yollagan shirkatlar pasportlari va Rossiya ishlash huquqini beradigan ruxsatnomalarini tortib olganlar.

Qurilishlarda band bo‘lgan muhojirlarga oyiga 14000 Rossiya rublidan 19000 rublagacha maosh to‘lashga va‘da berishgan.

Bu 455 dan 605 AQSh dollarigachani tashkil etadi.

Sochi olimpiadasidan translyatsiyalar tayyorlanadigan jurnalistlar maskani bo‘lgan mediamarkazda ishlagan muhojirlarga 2012 yil davomida olti oy maoshlarini to‘lashmagan.

Human Rights Watch majburiy mehnat holatlari yuzasidan qurilish shirkatlaridan izoh talab qilgan.

Shirkatlardan ayrimlari maoshlar to‘lanmayotgani haqida barmoq bilan sanarli shikoyat olishganini, shikoyatlar o‘z vaqtida tekshirilib egalariga berilganini aytishgan.

Sochidagi qurilishlar uchun mas‘ul Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Kozak, ishchilarning huquqlari ommaviy ravishda poymol etilayotgani yo‘q, deb chiqqan.

"Agar qayerdadir shunday faktlar ro‘y bergan bo‘lsa ham bunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Ya‘ni, ular ommaviy xarakter kasb etmagan. Xalqaro hisobotga sabab bo‘ladigan bunchalik keng miqyosdagi shikoyatlar kelib tushmagan. Agar bunday holatlar ommaviy ravishda bo‘lsa, men bulardan xabardor bo‘lgan bo‘lardim", deb aytgan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.