BBC navigation

Qirg‘iziston, O‘zbekistonga ekstraditsiyani to‘xtat!

Сўнгги янгиланиш 6 феврал 2013 - 11:09 GMT

Human Rights Watch Qirg‘izistonga o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini ado etishi lozimligini eslatgan.

Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro Human Rights Watch tashkiloti qiynoqlarga solinish xavfi borligi sababidan sobiq o‘zbekistonlik imom Habibullo Sulaymonovni vataniga ekstraditsiya qilmaslikka chaqirgan.

Xalqaro tashkilot Bishkekdagi apellyatsiya mahkamasi O‘zbek hukumatining diniy ekstremizmga bog‘liq ayblovlari so‘rovini rad etishga chaqiradi.

Qirg‘izistonning o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini ado etishi lozimligi, qiynoqlar keng tarqalgan va muntazam qo‘llanadigan O‘zbekiston so‘roviga javoban sobiq imom ekstraditsiya etilmasligi kerakligi aytilgan.

O‘zbekiston fuqarosi 56 yoshli Habibullo Sulaymonov 2001 yillan buyon Bishkekda istiqomat qilib kelgan.

U 2012 yil oktyabrida hibsga olingan va hamon Bishkekdagi muvaqqat hibsxonada saqlanmoqda.

Human Rights Watchga ko‘ra, Qirg‘iz rasmiylari Habibullo Sulaymonovning bu mamlakatda boshpana izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish harakatlarini orqaga surganlar.

Qirg‘iziston Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar agentligi vakillarining Sulaymonov bilan Bishkekdagi izolyatorda uchrashishlariga ruxsat bermaganlar.

2012 yil dekabrida Qirg‘iziston prokuraturasi O‘zbek rasmiylarining Habibullo Sulaymonovni O‘zbekistonga topshirish so‘rovini qondirish haqida qaror chiqargan.

Human Rights Watch 1 fevral kuni Qirg‘iziston bosh prokuroriga yo‘llagan maktubida mamlakat xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqib ekstraditsiya qarorini bekor qilishga chaqirgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.