BBC navigation

Axmadinejod fazoga chiqadigan birinchi eronlik bo‘lishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 5 феврал 2013 - 14:29 GMT

Maymun-fazogir o‘tgan haftada Yerga muvaffaqiyatli qaytib tushgan edi.

Prezident Mahmud Ahmadinejod Eron fazo loyihasi doirasida parvoz qiluvchi birinchi eronlik bo‘lish taklifini qilgan.

"Men mamlakatimiz olimlari olib borayotgan loyihalar haqqi o‘zini qurbon qilib fazoga yo‘l oladigan birinchi eronlik bo‘lishga tayyorman", - deb keltiradi janob Ahmadinejotning so‘zlarini mamlakat ommaviy axborot vositalari.

O‘tgan haftada Eron ichida maymun bo‘lgan raketa-tashuvchi muvaffaqiyatli tarzda yerga qo‘nganini ma‘lum qilgan edi.

"Pishgam" raketasi maymun bilan birga 120 km masofaga ko‘tarilgan va Yerga omadli qaytib tushgan.

G‘arb davlatlari Eron o‘zining fazo loyihasi orqali uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketa yaratayotganidan xavotirlarini bildirib kelishadi.

Ularga ko‘ra, bunday raketalarga atom bombalari o‘rnatilishi mumkin.

Rasmiy Tehron ularning bu da‘volarini rad qilib, yadro loyihasi butunlay tinchlik maqsadida ekanligini ta‘kidlaydi.

2010 yilda Prezident Mahmud Ahmadinejod Eron 2019 yilda fazoga o‘zining boshqariladigan kemasini olib chiqishini bildirgan.

Maymun-fazogir bilan uchrashuv

Prezident Axmadinejod o‘zining fazoga chiqish rejalari bilan Milliy fazo texnologiyalari kuni munosabati eronlik olimlar oldida qilgan chiqishida o‘rtoqlashgan.

Prezidentning web-sahifasi dushanba kuni Ahmadinejodning fazodan qaytib tushgan maymun bilan uchrashgandagi suratini bosgan.

Amerika senatori Jon Makkeyn Twitterdagi sahifasida "Ahmadinejod fazoga parvoz qilmoqchi birinchi eronlik bo‘lmoqchi. O‘tgan haftada allaqachon u yerda bo‘lib qaytmaganmidi?" deb kinoya qoldiradi.

Janob Makkeynning gapi Twitterda ko‘p sonli norozilik fikrlariga sabab bo‘lib, uni irqchilikda ayblashgan.

Bunga javoban janob Makkeyn "bu shunchaki hazil edi" deb qutuladi.

Prezident ishtirokida shuningdek, Eron olimlari tomonidan loyihalashtirib yaratilgan "Zuhra" va "Nahid" sun‘iy yo‘ldoshlarining taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

2010 yilda Eron bortida sichqon, toshbaqa va chuvalchang bo‘lgan raketa parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Biroq 2011 yilda maymun bilan uchirilgan raketa parvozi omadsiz yakunlandi.

2009 yilda Eron o‘zida ishlab chiqarilgan Yerning sun‘iy yo‘ldoshini fazoga uchirgan edi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.