BBC navigation

Olmaotada Eron yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi

Сўнгги янгиланиш 5 феврал 2013 - 14:41 GMT

Eron o‘zining yadroviy dasturi faqat tinch maqsadlarni ko‘zlaganini aytib keladi.

Eron o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha "oltitomon" vositachiligidagi yangi davra xalqaro muzokaralarga rozi bo‘lgan.

Eron bosh muzokarachisi Said Jaliliy BMT Xavfsizlik Kengashiga a‘zo besh davlat vakillari bilan muloqotlarni qayta boshlashga tayyorligini aytgan.

Yadroviy dasturga oid muzokaralarning so‘nggi davrasi 2012 yilning iyunida bo‘lib o‘tgandi.

Xabarlarga ko‘ra, muzokaralar Olma otada 26 fevral kuni qayta boshlanadi.

G‘arb davlatlari Eron yadroviy dasturi bilan atom qurolini yaratishga urinayotganini aytadi.

Eron esa, mazkur da‘volarni rad etib keladi.

---------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.