BBC navigation

AQSh harbiyligi afg‘on havo shirkatiga taqiqini bekor qildi

Сўнгги янгиланиш 5 феврал 2013 - 12:51 GMT

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning eng yirik xususiy havo shirkatlaridan biri Kam Eyrni qora ro‘yxatdan olib tashlagan.

O‘tgan oy shirkat giyohvand moddalar tashishda ayblangan va AQSh harbiyligi u bilan mavjud hamkorliklarini to‘xtatgandi.

Endi esa, Qo‘shma Shtatlar armiyasi Kam Eyr bilan yana harbiy kontraktlar imzolashi mumkinligini bildirgan.

Ayni paytda Afg‘oniston hukumatining shirkatga qarshi ayblovlar ustidan tekshiruv ishlari davom etadi.

Ayblovlar

O‘tgan oy Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiyligi Kam Eyr Tojikistonga yo‘lovchi parvozlarida giyohvand moddalar tashigani borasidagi ayblovlar bo‘yicha tekshiruvlarga ishora qilarkan, shirkat bilan o‘rtasidagi barcha shartnomalarini to‘xtatayotganini e‘lon qilgandi.

Havo shirkati va Afg‘on hukumati esa, bunday ayblovlarni rad etishgan.

Qo‘shma Shtatlar harbiyligi o‘z qarorini bekor qilgani sababini "bu gal Kam Eyr ustidan to‘la tekshiruvlarni mustaqil Afg‘oniston hukumati o‘tkazishi maqsadga muvofiq" ekani bilan izohlagan.

Harbiylik chiqargan bayonotda, shuningdek, afg‘onlar tarafidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar uchun o‘zlarida bor dalil va hujjatlarni taqdim etishlari ham qo‘shimcha qilingan.

Afg‘oniston hukumati AQSh tomonidan qo‘yilgan so‘nggi qadamni "maqbul qaror" deya olqishlagan.

Ayni paytda giyohvand moddalar tashishga oid ayblovlar Afg‘oniston Transport vaziri Dovud Ali Najafiy tarafidan qat‘iyan rad etilgan.

Uning BBCga aytishicha, Kobul xalqaro havo qo‘nolg‘asida xavfsizlik nazorati o‘ta jiddiy yo‘lga qo‘yilgan.

Tojikiston Markaziy Osiyodan bangivor moddalar olib o‘tuvchilar uchun asosiy tranzit yo‘li hisoblanadi.

AQSh harbiyligi Kam Eyrga nisbatan taqiqini e‘lon qilarkan, shirkat egasi Zemari Kamgar huquqiy guruhi himoyaga hozirlanishi, ayblovlar

afg‘on va tojik kuchlari tarafidan o‘tkaziladigan "sinchkov tekshiruvlarni haqoratlash" ekanini aytgan.

Muxbirlarga ko‘ra, Kam Eyr borasidagi bahsu munozaralar G‘arb davlatlarining Afg‘oniston bangivor moddalar savdosini gurkiratayotgani yuzasidan xavotirlari oshib borayotgan bir paytda kuzatilmoqda.

Ammo, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limining noyabr oyida e‘lon qilgan hisobotida Afg‘onistonda bangivor yetishtirish uchdan bir qismga kamaygani aytiladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.