BBC navigation

Qozog‘iston: o‘zbekistonlik jinoiy guruh rahbari bir umrga qamaldi

Сўнгги янгиланиш 4 феврал 2013 - 15:20 GMT

Qotillik jamoatchilik orasida shov shuvlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, mahalliy matbuot ular haqida biror xabar bermagan.

Chimkent shahri atrofida 4 ayol va Toshkent shahri hamda viloyatida 7 ayolni o‘ldirib tilla taqinchoqlarini o‘margan guruhning rahbari 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini Qozog‘istonda o‘taydi.

Uning yana bir sherigi O‘zbekistonda o‘tgan yilning noyabr oyida sudlanib bir umr ozodlikdan mahrum qilingan edi. Jinoyatchilarning uchinchi sherigi hamon qidiruvda ekanligi aytiladi.

Chimkent shahar jinoiy ishlar bo‘yicha ixtisoslashgan mahkamasi jinoiy guruh rabariga bir umrlik qamoq jazosi belgilagan. Tergov surishtiruv jarayoni 8 oy davom etgan.

2012 yilning may oyida Qozog‘iston hududida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Berdaliyev va uning sheriklari 2011 yilning mart va 2012 yilning mart oylari oralig‘ida Qozog‘istonda 4 ta qotillik sodir etgan.

O‘zbekistonda esa 2011 yilning noyabr va dekabr oylarida Toshkent shahri va viloyatida 7 yolni o‘ldirishgan.

Jinoiy guruhning qurbonlari 25 yoshdan 55 yoshgacha ayollarni tashkil etgan. Taksichilik qilgan ushbu shaxslar mashinasiga o‘tirgan ayollarning qimmatbaho taqinchoqlarini o‘margan va o‘zlarini o‘ldirib tashlab ketgan.

Qo‘lga kiritgan taqinchoqlarni esa O‘zbekiston bozorlarida sotishgan.

"Jinoiy ishni Toshkent shahar prokuraturasi va paralel ravishda Janubiy Qozog‘iston viloyat ichki ishlar departamenti olib bordi. Chunki qotillik qozog‘iston hududida ham sodir etilgan va u Qozog‘istonda ushlangan", - deydi Janubiy Qozog‘iston viloyat ichki ishlar departamenti matbuot kotibi Saltanat Qorako‘zova.

Ikki davlat huquq tartibot organlari jinoyatni aniqlash uchun hamkorlikda ishlagan va jinoyat sodir etilgan joylarni birgalikda tekshirgan.

Jinoyatchilar 27 yosh atrofidagi uch yigit kishi bo‘lgan. Hozir ularning ikkitasi qo‘lga olinib sud qilindi. Yana bir kishi qidiruvga berilgan.

Uyushgan jinoiy guruh ishtirokchisi O‘rmonov 2012 yilning 30 noyabr kuni Toshkent viloyat mahkamasi tomonidan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan.

O‘zbekistonda 7 ayolning o‘ldirilib ketilishi jamoatchilik orasida shov shuvlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, mahalliy matbuot jinoyatchilarning taqdiri borasida biror xabar bermagan.

Toshkentdan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov bu kabi hodisalardan odamlar internet orqali xabar topganini mahalliy gazetalarda hech yozilmaginini quyidagicha izohlaydi.

"Ommaviy tsenzura va nazorat bor. Odamlarning tinchi va halovatini buzadigan noxush holatlar haqida matbuotda berilmaslik kerak degan tendentsiya bor. Bu yerda jurnalistlarning ichki qo‘rquvi ham bor", - deydi Abdurahmon Tashanov.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.