BBC navigation

O‘zbek-qirg‘iz chegara nuqtalarida harakat cheklandi

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 14:26 GMT

Qirg‘iziston Chegara Xizmati tomonidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidaga qator o‘tish nuqtalarida O‘zbekiston bir tomonlama ravishda harakatni cheklash choralarini kiritgan.

Bayonotda aytilishicha, ushbu choralarga 17 yanvar kunidan beri amal qilinmoqda.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, "Do‘stlik", "Madaniyat", "Kensoy" postlarining avtoulovlarni o‘tkazish nuqtasida o‘zbek tomoni faqatgina bir yo‘nalishda harakat qilishga ruxsat bermoqda.

Ya‘ni Qirg‘iziston fuqarolariga faqatgina O‘zbekistondan chiqishga izn berilmoqda, ammo kirishga ruxsat berilmayapti.

Qirg‘iziston fuqarolariga O‘zbekiston hududiga faqatgina tranzit bo‘yicha boshqa davlatlarga ketayotgan bo‘lsalargina va buni tasdiqlash uchun qo‘llarida hujjatlar bo‘lgan taqdirda kirish ruxsati berilmoqda.

18 yanvar kunidan boshlab esa "Qizil Qiya" chegara postida ham fuqarolar va ham transport vositalarini o‘tkazishga cheklovlar qiritilgan.

Qirg‘iziston Chegara Xizmati bayonotida aytilishicha, bu choralarning hammasi O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama va rasmiy ogohlantirishlarsiz kiritilgan.

Ayni vaqtda yanvar oyi boshlarida O‘zbekistonning So‘x anklavida yuz bergan hodisalar ortidan anklavga olib boruvchi yo‘llardagi chegara o‘tish nuqtalari ikki tomondan ham hamon yopiqligicha qolmoqda.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.