BBC navigation

Moskvaga safar qilgan faol o‘zbeklarga bosim oshganiga guvoh bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 19 декабр 2012 - 15:13 GMT

Xorazmdagi "Najot" inson huquqlari tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubov o‘zbekistonlik muhojirlar ahvolini o‘rganish maqsadida Rossiya poytaxti va Moskva viloyatiga safar qilgan. U safari ortidan chop qilgan bayonotida aytishicha, ishlayotgan va ishsiz o‘zbekistonliklarni har yerda uchratish mumkin, ko‘plarning ahvoli achinarli, hamda o‘zbek muhojirlarni deportatsiya qilish jarayoni qizigan.

"Moskvada o‘zbeklar vokzallar oldidagi hiyobonlar va ko‘chalarni supuradi, oshxonalarda, qurilish maydonlarida ishlaydilar, avtobuslar haydaydilar, arava tortadilar. Lekin, o‘ta og‘ir ishlarni qilib, juda qiyin ahvolda yashayotganlar ham bor. Undan tashqari, metrostantsiyalar, temir yo‘l bekatlari, bozorlar va turli jamoat joylarida tilanchilik qilib yurgan va o‘zini fohisha sifatida taklif qiladigan, yoki hujjatlarni to‘g‘irlashga yordam berishni taklif qiladigan o‘zbeklar ham uchraydi", - deydi faol.

Uning aytishicha, boshqa muhojirlar bilan solishtirganda ayniqsa o‘zbeklarga nisbatan politsiya va boshqa muhojirot idoralarining qattiqqo‘lligi oshganini sezish mumkin.

Har bir o‘zbek muhojir Federal Migratsiya xizmatidan ishlash ruxsatini olish juda qiyin bo‘lgani va bu jarayon poraxo‘rlikka botganidan shikoyat qiladilar. Uning aytishicha, ruxsat olishni istagan har bir fuqaro 25000-30000 rubl (814-977 dollar) pora berishi kerak.

Janob Yoqubovga ko‘ra, ruxsat olishga qurbi yetmagan muhojirlar mustaqil tarzda ish qidirib, turli muammolarga duch keladilar, va ba‘zi hollarda qullikka tushishlari, yoki yo‘qolib ketishlari mumkin. Ba‘zilar maoshlarini ola olmay, kasodga uchraydilar.

"Yashash sharoitlarining yetishmasligi, turar joy topishdagi qiyinchiliklar tufayli ko‘p sonli muhojirlar birga kichik hujralarda yashashga majburlar. Moskva viloyatidagi turar joyga mas‘ul idoralar ishchi muhojirlarni siqishtira boshlashgan. Bir mahalliy ayolning bildirishicha, mahalliy hokimiyat unga xonadonlarni ijaraga olgan muhojirlar borasida ma‘lumot to‘plash va ularning dini, namoz o‘qish yo o‘qimasligi borasida ma‘lumot yig‘ib, politsiyani xabardor qilish topshirig‘ini bergan", - deydi faol.

Uning aytishicha, 2014 yil o‘tishi kutilayotgan Sochi Olimpiadasidan avval yanada ko‘proq o‘zbeklarni deportatsiya qilish rejalangan. Matbuotda esa o‘zbek muhojirlarini yomonotliq qiluvchi maqolalar va xabarlar ko‘paygan.

Janob Yoqubov o‘z safari davomida, shuningdek, O‘zbekistonda oilalarini ortda qoldirib, Rossiyada bedarak ketgan erkak muhojirlarni topish ishlari bilan ham shug‘ullangan.

Uning aytishicha, ortda ayollari va o‘rtacha hisobda uch-to‘rt farzandini O‘zbekistonda qoldirgan ba‘zi erkaklar O‘zbekistonga umuman qaytishmaydi.

"Safar chog‘ida to‘rt ayolning erlari topildi, ularga O‘zbekistonda qolgan oilalarining qiyin ahvoli tushuntirildi. Ba‘zilari O‘zbekistonga qaytishga rozi bo‘lishdi va ba‘zilari pul berib yuborishdi. Boshqalari esa Moskvada uylanib, doimiy ravishda Rossiyada qolishlarini aytishdi", - deydi faol.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.