BBC navigation

Jerar Deparde Frantsiya fuqaroligidan kechmoqchi

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 14:52 GMT

Taniqli frantsuz aktyori Jerar Deparde Frantsiya fuqaroligidan voz kechib, o‘z pasportini davlatga qaytarib berishga qaror qilgan. Bunga Frantsiya bosh vaziri Jan- Mark Eyro aktyorni Belgiyaga ko‘chib o‘tish qarorini tanqid qilarkan, vatanidagi soliqlarning yuqoriligi bunga undagan, deb aytgani sabab bo‘lgan.

Depardening fikricha, Frantsiya hukumati uni "omad, ijod va iqtidori uchun jazolagan" deb yozadi aktyor o‘zining Le Journal du Dimanche ro‘znomasida bosilgan Eyroga ochiq xatida.

O‘tgan haftada 63-yoshli aktyor Frantsiyaning chegarasida joylashgan Belgiyaning kichkina Neshen shaharchasiga ko‘chib o‘tayotganini e‘lon qilgan edi.

2013 yildan Frantsiyada daromadi 1 million yevrodan oshadigan fuqarolar uchun eng yuqori daromad solig‘i 75 foiz bo‘lishi ma‘lum qilinadi. Belgiyada esa eng boylar uchun daromad soliq miqdori 50 foiz qilib belgilangan.

Frantsiyaning bosh vaziri Depardening qarorini "achinarli" deb atagan. Bosh vazirning bunday munosabati Depardeni yanada g‘azablantirgan.

"Men mulozimat talab qilmayman. Lekin, hech bo‘lmaganda hurmat qilishlari kerakku,- deb yozadi janob Deparde. Mamlakatni tark qilgan hech kimni hali bunday haqorat qilmagan edilar"..

Deparde sotsialist Fransua Olland hukumatini eng iqtidorli insonlarni vatanni tark etishga majbur qilayotganlari uchun tanqid qiladi.

"Men ketyapman, chunki siz omad, ijod va talant uchun jazolash kerak, deb hisoblaganingiz uchun", - deb bildiradi Deparde.

Aktyor o‘zining uzoq faoliyati davomida Frantsiyaga 145 million yevro to‘laganini ta‘kidlagan.

Men hech qachon o‘z majburiyatlarimdan qochmaganman. Men suratga tushgan tarixiy filmlar Frantsiya va uning tarixiga qanchalik katta muhabbatim borligiga guvoh bo‘ladi", - deb qo‘shimcha qiladi Deparde.

Deparde Eyroga murojaat qilib, "Siz o‘zingiz kimsiz, meni muhokama qiladigan?" deb savol beradi.

"Vatanparvar bo‘lmagan safar"

Bosh vazir Eyro oldinroq Depardening Belgiyaga ko‘chishi Frantsiya hukumati o‘tkazayotgan iqtisodni mustahkamlash siyosati manzarasida umuman vatanparvarlik emas.

"Men buni kerakli darajada achinarli deb o‘ylayman. Hammasi shunchaki soliq to‘lamaslik uchun , xolos,- deb aytgan siyosatchi France 2. telekanaliga. – Soliqni to‘lash birdamlik belgisi, vatanparvarlik harakatidir", - deb ta‘kidlaydi u.

Belgiya ko‘p badavlat frantsuzlarni o‘ziga jalb qiladi, deydi BBC muxbiri.

Shu yilning kuzida o‘zining qo‘shni mamlakatga o‘tishi haqida Frantsiyaning eng boy odami - Bernard Arno e‘lon qilgan edi. Shu bilan birga u o‘zining qarori mamlakatdagi soliqlar ahvoliga bog‘liqligini rad etgan.

BBC, muxbiriga ko‘ra, bu masalada ko‘ngilli bo‘lib ketayotgan millionerlardan o‘sha mamlakat investitsiya egalari qanday mujda olishadi, ana shu narsa hukumat e‘tiborini tortmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.