BBC navigation

Nemis muxolifati Karimov tuzumiga ortiqcha pul bermaslikni talab qilmoqda

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 13:28 GMT

Olmoniya parlamentida Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishda harbiy yuklar uchun O‘zbekistonga to‘lanadigan mablag‘ ustida bahslar boshlangan.

Nemis muxolifati bu maqsadga mo‘ljallangan millionlar qattiq nazorat qilinishini istaydi.

Olmoniya hukumati Afg‘onistondagi qo‘shinlarini keyingi 15 oyda 1300 harbiygacha qisqartirishni rejalashtirilgan. Ayni paytda Afg‘onistonda 4600 nemis harbiylari mavjud bo‘lib, 2014 yilgacha ularning hammasi chiqarilishi kerak.

Qolgan vaqt ichida Olmoniya Afg‘onistonga 10 yil davomida olib borgan harbiy jihozlarini ko‘chirishi, bunga esa 1700 texnika va 6000 dengiz konteynerlar kerak bo‘lishi aytiladi.

Olmoniya harbiylarining fikricha, yuklarni olib chiqish uchun eng qulay yo‘l bu "Shimoliy yo‘nalish" hisoblanadi.

Eron orqali yo‘nalish siyosiy sabablarga ko‘ra yopiqligi, Pokiston yo‘li tig‘iz va xavfliligi bois, "Shimoliy yo‘nalish" nemislar uchun eng maqbul va muhimi xavfsizdir.

Nemis yuklari Mozori Sharifdagi bazadan O‘zbekistonga, undan keyin temir yo‘l orqali Qozog‘iston va Rossiyadan Boltiq dengiziga o‘tkazilishi mo‘ljallanadi.

Bu yo‘nalish orqali kasalxona va oshxona jihozlari, shuningdek, projektor chiroqlari olib chiqiladi. Harbiy yuklar, transport vositalari va qurollar faqat havo orqali tashiladi.

Kelishuvga binoan, bu maqsadlar uchun Termez aerodromidan foydalaniladi.

Rossiyalik kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekistonning ODKBga a‘zoligi to‘xtatilishi tasodif emas, bu tashkilot ustaviga ko‘ra, xorijiy harbiy bazalar a‘zo mamlakat hududidan foydalanishi taqiqlanadi.

Ularning aytishicha, nemislar endi bemalol Toshkent bilan Termez aerodromidan foydalanishga kelishishlari mumkin, faqat buning uchun Karimov rejimini moddiy tomondan qoniqtira olishsa bas.

Termez qirg‘iz Manasidan farqli O‘zbekistonning o‘z aeroporti hisoblanib, bu borada boshqa muammolar tug‘ilmaydi.

Biroq, Olmoniyada hamma ham Mudofaa vazirligining rejalaridan qoniqayotgani yo‘q.

"Olmoniyaning tashqi siyosati manfaatlari" uchun Toshkent bilan kelishilgan tranzit shartnomasining sir tutilishi mamlakatdagi siyosiy muxolifat va huquq himoyachilarining tanqidlariga uchramoqda.

Faqat shunisi ma‘lumki, 2005-2009 yillar Mudofaa vazirligi tomonidan "qo‘shimcha harajatlar" uchun 68 million yevro ajratilgan bo‘lsa, 2010 yildagi yangi kelishuvga binoan Toshkentga beriladigan yillik to‘lov 16 million yevroni tashkil qiladi.

Biroq olmoniyalik siyosatchilar mamlakat rasmiylari Afg‘onistondagi yuklar uchun Toshkent bilan bundan qimmatroq narxga kelishilganiga ishonadi.

Shu sababli nemis muxolifatiga ko‘ra, manfaatlar nuqtai nazaridan ham Olmoniya Karimovning hozirgi siyosatini tanqid qilishdan tiyilib turibdi

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.