BBC navigation

Ukrainada yig‘ilgan Chery mashinalari O‘zbek bozorida sotiladi

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 13:24 GMT

O‘zbekiston Ukraina avtomobil mahsulotlariga nisbatan kirish narxlarini tushirgan.

Ukraina mashinalari O‘zbek bozorini qanchalik ishg‘ol qilishi hali vaqt masalasi bo‘lsa ham, hukumatning Chery avtomashinalari uchun aktsiz soliqlarini kamaytirgani bozorga moslashishning birinchi belgisi sifatida qaralmoqda.

Chery mashinalari O‘zbekistonga kirib kelishidan oldin, ikki mamlakat o‘rtasida o‘ziga xos "avtomashina urushi" bo‘lib o‘tgani aytiladi.

Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida yuzaga kelgan muammolar bois, ikkala mamlakat ham avtomobillarni o‘z hududiga olib kirishga cheklov e‘lon qilgan edi.

Munosabatlar iliy boshlagach, UZ-Daewooning Matiz va Neksiya mashinalarini Ukrainaga eksport qilish qayta yo‘lga qo‘yiladi. Buning evaziga O‘zbek bozoriga Ukrainada yig‘ilgan Xitoyning arzon Chery mashinalari kirib keladi.

Shu yilning bahoridan boshlab dastlab buyurtma asosida keltirilgan Chery mashinalari sentyabr oyidan Toshkent avtosalonlarida erkin sotuvga qo‘yilgan.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Toshkent avtosalonlarida Chery avtomashinalariga hozircha talab yaxshi.

Ukrainada yig‘ilgan Chery A13 mahsulotining O‘zbekistonda faqat birgina namunasi - ZAZ Forza belgisi ostida sotiladi.

109 ot kuchi va 160 kmgacha tezlik quvvatiga ega ZAZ Forza mashinalarining erkin savdodagi bahosi 12ming 800 dollar qilib belgilangan.

Avtosalon xodimlariga ko‘ra, xaridorlar avtomashinalarni pul o‘tkazish va Visa kartochkalari orqali sotib olishlari mumkin.

Chery mahsulotlari Ukrainaning Zaporoj avtomobil zavodida yig‘iladi.

O‘zbekistonda mahalliy UZ-Daewo zavodining mahsulotlari qimmatligi, shu bilan birga aksariyati tashqariga chiqarilishi bois, ukrainalik tadbirkorlar o‘z Chery mashinalari bozori rivojlanishiga umid qilmoqdalar.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.