BBC navigation

Bangladeshdagi yong‘inda qurbonlar soni 100dan oshgan

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 12:59 GMT

Yong‘inda halok bo‘lganlardan tashqari, odamlar yuqori qavatlardan o‘zini tashlab o‘lgan.

Bangladeshdagi tikuvchilik fabrikasida chiqqan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 112taga yetgan.

Oldinroq sakkiz kishi o‘lgani va 100 dan ortiq jarohatlanganlar borligi xabar qilingan edi. Bir qancha odamlar bedarakligi aytilmoqda.

Yakshanba kuni ertalab bino ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lgan qutqaruvchilar falokat miqyosi ancha kengligini xabar qilishgan. "Butun fabrika bo‘ylab hamma qavatda kuyib ketgan o‘liklar yotardi", deb aytgan o‘t o‘chiruvchilar xizmati boshlig‘i Muhammad Shahidulla.

Poytaxt Dakka shahrining chekkasida joylashgan Tazreen Fashion shirkatiga qarashli ko‘p qavatli binoda yong‘in shanba 24 noyabr kuni tunda boshlangan.

Besh soat davomida yong‘in bilan kurashilgani aytiladi.

Yong‘in binoning pastki qavatida kelib chiqqani bois, yuqori qavatlardan chiqish yo‘lagi yopilib qolgan. Politsiyaga ko‘ra, yuqori qavatdagi ko‘pchilik odamlar o‘zlarini pastga otganlar.

Qutqaruvchilar fabrikada yong‘indan qochish yo‘lagi bo‘lmaganini aytishgan. "Hamma yo‘llar yong‘in qoplagan birinchi qavatga olib borgan. Hech bo‘lmaganda bitta yong‘in yo‘lagi bo‘lganda ham, qurbonlar kamroq bo‘lar edi", deb aytgan o‘t o‘chiruvchilardan biri.

Yong‘in paytida bino ichida qancha odam bo‘lgani noma‘lum. Yong‘in sabablari haqida ham ma‘lumotlar yo‘q. Shirkat vakilining aytishicha, bu kabi yong‘in kompaniyada birinchi bor sodir bo‘lishi.

U shuningdek, fabrikadagi hodisaga yong‘in xavfsizligiga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad qilgan.

Tazreen Fashion shirkati Bangladeshda yetti fabrikaga egalik qiladi.

Yong‘in sodir bo‘lgan fabrikada Hollandiya va Gong Kongdagi shirkatlar uchun mahsulot tayyorlangan.

Bangladeshdagi fabrikalarda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinmasligi oqibatida bundan oldin ham yirik yong‘inlar yuz bergan.

Bangladeshda 4500 dan ortiq tekstil fabrikalari bo‘lib, unda ikki milliondan ortiq kishi ishlaydi. Mamlakat dunyoda kiyim eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.