BBC navigation

O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash boshlandimi?

Сўнгги янгиланиш 22 ноябр 2012 - 12:58 GMT

Ўзбекистонда коррупцияга қарши кураш бошландими?

Ўзбекистондан келаётган хабарларга кўра, Тошкентнинг Яккасарой ва Андижон вилоятининг Марҳамат туман ҳокимлари коррупция айбловлари билан ҳибсга олинган. Шаҳрисабз туманининг собиқ ҳокими эса 11 йиллик қамоқ жазосига маҳкум этилган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Andijon viloyatidan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, viloyatning Marhamat tumani hokimi Otabek Nazarbekov hibsga olingan.

Sobiq hokimning mansab vakolatlarini suiste‘mol qilish va davlat mulkini o‘zlashtirishda ayblanayotgani aytilmoqda.

Ayni paytda Shahrisabz tumanining sobiq hokimi 11 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

63 yoshli O‘ktam Xidirov hamda yana to‘rt nafar mulozim yerlarni noqonuniy sotish va boshqa iqtisodiy jinoyatlarda aybdor, deb topilgan.

Shuningdek, Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimi Valijon Mullajonov ham korruptsiya ayblovlari bilan hibsga olingan.

Kuzatuvchilar O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning lavozimidan chetlatilishi yoki qamoqqa tashlanishini korruptsiyaga qarshi haqiqiy kurash bilan unchalik ko‘p aloqasi yo‘qligini ta‘kidlashadi.

Mamlakat dunyodagi korruptsiya eng ko‘p ildiz otgan davlatlar qatoriga kiradi.

So‘nggi hibsga olishlar o‘tgan yil boshida Prezident Karimov korruptsiyaga qarshi kurash e‘lon qilishi ortidan boshlangan to‘lqinning davomi sifatida ko‘rinishi mumkin.

Prezidentning chiqishidan ko‘p o‘tmay, Toshkent shahar hokimi Abduqahhor To‘xtayev hamda Buxoro viloyatiga 15 yil hokimlik qilgan Samoyiddin Husayinovlar korruptsiya iddaolari bilan lavozimlaridan chetlatilgan edi.

Buxorolik huquq faoli Shuhrat G‘aniyevning BBCga aytishicha, Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar ustidan boshlangan mahkama jarayonlari hanuz davom etmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.