BBC navigation

"O‘tyuraklar klubi": "Yuriy Jukovskiy haqida ma‘lumot oshkor etilsin"

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 13:20 GMT

Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti "O‘tyuraklar klubi" raisi Mo‘‘tabar Tojiboyeva taniqli imom Obidxon qori Nazarov joniga suiqasd harakatiga aloqador ko‘rilib, Rossiyada hibsga olingan Yuriy Jukovskiy haqida ma‘lumot ommaga oshkor etilishini talab qilib chiqdi.

Mo‘‘tabar Tojiboyevaga ko‘ra, 12 oktyabr kuni hibsga olinganidan beri o‘tgan vaqt ichida Jukovskiy haqida biron ma‘lumot berilmagan.

Uning aytishicha, Obidxon qoriga qarshi suiqasdda gumon qilinayotgan shaxs ustidan jarayon yopiq bo‘lishi mumkin emas. Chunki, davlatlararo ro‘y berayotgan tortishuvlar va xalqaro shirkatlar bilan ro‘y berayotgan hodisalar manzarasida Yuriy Jukovskiydan bosim o‘tkazish yoda muzokaralarda ishga solish mumkin bo‘lgan vosita sifatida foydalanish xavfi bor.

"O‘tyuraklar klubi" rahbarining taxmin qilishicha, Yuriy Jukovskiyning Rossiyada hibsga olinganidan beri MTS mobil telefon shirkatining O‘zbekistonda yuz tutgan muammolarining ijobiy tomonga hal bo‘lishi mumkinligi belgilari paydo bo‘lgan.

Ana shu holat Rossiya Jukovskiyni Shvetsiyaga topshirish yoda topshirmaslik bilan O‘zbekiston tomoniga ta‘sir o‘tkazishga harakat qilayotganligi belgisi bo‘lishi mumkin, deydi Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

"O‘zbekiston Jukovskiyni Shvetsiyaga topshirmasangiz, MTS muammosini hal qilib beramiz, deb talab qilishi ehtimoli bor. Shuning uchun bu jarayon atrofidagi hamma ma‘lumlotlar oshkor bo‘lishi shart", dedi BBC bilan suhbatda Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

O‘zbekiston hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Obidxon qori Nazarov 2006 yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgandi.

2012 yil 22 fevral kuni u peshin namoziga chiqayotgan payti, o‘z uyi yo‘lagida yaqin masofadan otib ketilgandi. O‘shandan beri Obidxon qori Nazarov shifoxonda koma holatida yotibdi.

Keyinchalik suiqasdga aloqadorlikda gumonlanib, yoshlari o‘ttizlarda bo‘lgan ikki O‘zbekistonlik er-xotin hibsga olinib, mahkamaga tortildi. Ular suiqasdni rejalashga bilmasdan aloqadaor bo‘lib qolganliklarini da‘vo qilishdi va mahkama ularni oqladi.

Suiqasd amalini bajargan asosiy shaxs esa qochib ketgani aytilgan va keyinchalik uning Rossiyada hibsga olingani xabar berildi.

Rossiyada qo‘lga olingan shaxs 34 yoshli Yuriy Jukovskiy ekanligi xabar berilgan. Uning ham Rossiya va ham O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytiladi.

Мўътабар Тожибоеванинг Би-би-си билан суҳбати

Мўътабар Тожибоеванинг Би-би-си билан суҳбати

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.